

Ma'lumotlarga ko'ra, Infantinoning ushbu tashrifdan maqsadi mavsum o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionati tufayli Yevropa klublariga badal puli to'lashni muhokama qilish. Badal pulining umumiy miqdori 1 mlrd. dollarni tashkil qilishi mumkin.
Oldinroq Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) jahon chempionatini 5 maydan 4 iyungacha o'tkazish taklifini bergan edi, ammo bu vaqtda Ramazon oyi bo'lishi sababli taklif bekor qilindi. Iyulda havo xaddan tashqari issiq bo'lishi tufayli bu oy ham musobaqa o'tkazilmaydi. Natijada turnirni 21 noyabrdan 18 dekabrgacha o'tkazish qarori qabul qilindi. Bu qaror UEFA tomonidan maqullandi, ammo ECA bunga qo'shilmadi.



