FIFA JCH-2018 davomida videotakrorlar tizimidan foydalanishini rasman tasdiqladi
17 mar 2018 08:15
Yangiliklar


FIFA JCH-2018 davomida videotakrorlar tizimidan foydalanishini rasman tasdiqladi
Qaror rasman kecha tasdiqlandi.
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Futbol bo'yicha Jahon chempionatida videotakrorlar tizimidan foydalanadi. Yakuniy qaror 16-mart, juma kuni tashkilotning Bogota (Kolumbiya) shahrida bo'lib o'tgan majlisida qabul qilindi.
Hozirda mazkur tizim Italiya, Germaniya, Portugaliya va yana bir nechta davlatlarning ichki chempionatlarida qo'llanilib kelinmoqda.
Rossiyadagi Jahon chempionati esa hakamlar videotakrorlardan foydalanishi mumkin bo'lgan ilk musobaqa sifatida tarixga kiradigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
14:35
"Venger qonuni", sekundomer, murabbiylik chellenji - FIFA va IFAB yangi qoidalarni joriy etdi 12

Fikrlar