FIFA JCH-2018 davomida videotakrorlar tizimidan foydalanishini rasman tasdiqladi

17 mar 2018, 08:15
Qaror rasman kecha tasdiqlandi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Futbol bo'yicha Jahon chempionatida videotakrorlar tizimidan foydalanadi. Yakuniy qaror 16-mart, juma kuni tashkilotning Bogota (Kolumbiya) shahrida bo'lib o'tgan majlisida qabul qilindi.

Hozirda mazkur tizim Italiya, Germaniya, Portugaliya va yana bir nechta davlatlarning ichki chempionatlarida qo'llanilib kelinmoqda.

Rossiyadagi Jahon chempionati esa hakamlar videotakrorlardan foydalanishi mumkin bo'lgan ilk musobaqa sifatida tarixga kiradigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Р-Спорт