FIFA Franciyaning appelyaciyasini rad etdi
05 dek 2022 23:48
Yangiliklar


FIFA Franciyaning appelyaciyasini rad etdi
FIFA Franciya - Tunis o'yinidagi Grizmanning golini hisoblashni xohlamadi.
"FIFA intizom qo'mitasi 30 noyabr kuni Franciya futbol federaciyasi bergan appelyaciyani rad etadi", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o'tamiz, Franciya hamda Tunis o'rtasidagi bahs 0:1 hisobida afrikaliklar g'alabasi bilan yakun topgan edi. Bahs oxirida Grizmann hisobni tenglashtirgandi, biroq bosh hakam VAR qaroridan so'ng ofsayd tufayli golni bekor qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar