FIFA “Buxoro”dan transfer taqiqini olib tashladi
11 fev 2022 12:57
Yangiliklar
FIFA “Buxoro”dan transfer taqiqini olib tashladi
Avvalroq FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to'lash vazifasini yuklagan edi.
Lekin mazkur qaror ijrosi taminlanmagani bois FIFA yanvar oyida “Buxoro” futbol klubi uchun transfer taqiqini kuchga kiritgandi.
Kecha “Buxoro” ushbu futbolchi oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etdi va ishni yopish yuzasidan FIFAga murojaat yuborildi. FIFA bugundan etiboran mazkur ishni yopdi va “Buxoro”dan transfer taqiqini olib tashladi.
Ayni paytda “Buxoro” shuningdek, o'tgan mavsum klubda faoliyat olib borgan tojikistonlik futbolchi va murabbiylari bilan bog'liq nizoli vaziyatni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.
Malumot uchun, hozirda transfer taqiqi mavjud klublarimiz 2 tani tashkil etmoqda – “Andijon” va “Nasaf”.
Fikrlar