FIFA "Bunyodkor"ning etirozini rad etdi
24 okt 2019 10:54
Yangiliklar


FIFA "Bunyodkor"ning etirozini rad etdi
Ammo tashkilot bu etirozni rad etdi. Bu haqda SILA yuridik agentligi xabar berdi.
"Anji" "Bunyodkor"ga Hamdamovning shartnomasida tovon puli sifatida yozilgan 300 ming evroni to'lagan. "Bunyodkor" rahbariyati esa "Anji" ko'proq pul to'lashi kerak deb hisoblab FIFAga murojaat qilgandi. Ammo yakunda ariza rad qilingan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, Hamdamov 2018 yil boshida "Bunyodkor"dan "Anji"ga ko'chib o'tgan edi. Bir yil davomida ushbu klub safida 11ta o'yinda maydonga tushdi. SHu yil boshida u "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdi.
Ushbu xabar chiqqanidan so'ng Alisher Nikimbaev o'z kanalida quyidagi qo'shimcha xabarni yozib qoldirdi: Hamdamov shartnoma shartlarini buzgani uchun "Bunyodkor" bilan shartnomani bekor qilgan. Bundan tashqari klubning futbolchining oldida qarzlari bo'lgan. SHu bois Hamdamov "Bunyodkor"dan erkin agent sifatida ketgan va klub uning uchun hech qancha pul olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar