FIFA Barselonaga Turanni zayavka qilishiga rozi bo'lmadi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2015, 08:14
FIFA Barselonaning yarim himoyachi Arda Turanni mavsum davomida ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Turkiya terma jamoasi a'zosini Rafinya Alkantaraning jiddiy jarohati tufayli ro'yxatdan o'tkazmoqchi edilar.

Biroq FIFA Barselonaga 2016 yil yanvar oyidan oldin hech qanday futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga rozi bo'lmadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru