So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

FIFA 23. Bu safar o'yinda ikki o'zbekistonlik bor. SHomurodovga nega "yulduzcha" berildi? Yangiliklar

FIFA 23. Bu safar o'yinda ikki o'zbekistonlik bor. SHomurodovga nega "yulduzcha" berildi?

30 sentyabr kuni EA Sports kompaniyasi FIFA 23 simulyatorini ommaga taqdim etdi.

Eldor SHomurodov o'tgan hafta yakunlariga ko'ra, FIFA kunlarida o'zini ko'rsatgani bois “hafta ramziy jamoasi”dan o'rin oldi. Agar yanglishmayotgan bo'lsam, TOTW (Team of the Week)da qayd etilgan ilk o'zbekistonlik bo'ldi.

Xo'sh, nega kartochkasi yuqorisiga “yulduzcha” qo'yilgandi? Gap shundaki, EA Sports kompaniyasi o'zini ko'rsatgan umumiy skilli (ko'rsatkichi) kamroq futbolchidan birini tanlab oladi va uning reytingini malum darajada ko'taradi. SHu orqali futbolchi maxsus yulduzchaga ega bo'ladi. Demak, “Roma” forvardining o'yindagi rasmiy skilli 75 ball edi va bu ko'rsatkich 84 ga etkazildi. Eldorda hozirda ikkita kartochka bor - "standart oltin" va "TOTW oltin".


"YouTube" platformasida bir qator strimerlar 27 yoshli hujumchini o'z jamoasiga olib, video joylashga ham ulgurdi.


FIFA 23'dagi o'zbekistonlik futbolchilardan yana biri “Al Nassr” vingeri Jaloliddin Masharipov hisoblanadi. Uning ko'rsatkichi 72 ballga baholangan.

FIFA 22 rasmiy versiyasidan esa SHomurodov (71 ball), Masharipov (73) bilan birga Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", 73), Rustam Ashurmatov ("Kanvon", 66), Dostonbek Tursunov ("Pusan Ay Park", 64) hamda Jamshid Iskanderov ("Seongnam", 62) joy olgandi. Ahmedov faoliyatini yakunlagan bo'lsa, Ashurmatov, Tursunov hamda Iskanderov O'zbekistonga qaytgan.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика