So’nggi yangiliklar

08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  1 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1

FIFA 22. Narxi qancha? Qachon sotuvga chiqadi? Boshqa o'yinlardan nimasi bilan farq qiladi? Yangiliklar

FIFA 22. Narxi qancha? Qachon sotuvga chiqadi? Boshqa o'yinlardan nimasi bilan farq qiladi?

Teglar :  FIFA 22
FIFA 22 o'yini haqida batafsil malumot berib o'tildi.

Muqovada yana Mbappe

Kilian Mbappe — FIFA 22'ning yuzi hisoblanadi. U ketma-ket ikkinchi yil ushbu o'yin muqovasida paydo bo'ladi. Bu haqda elon qilingach, Mbappe darhol Instagramda munosabat bildirdi: "Yana FIFA muqovasida ekanligimdan faxrlanaman”. SHunday qilib, Mbappe Krishtianu Ronaldudan keyin ketma-ket ikkinchi yil FIFA muqovasidan o'rin olgan ilk futbolchiga aylandi. Krishtianu FIFA 18 va FIFA 19'ning yuzi edi.


Qachon sotuvga chiqadi?

FIFA 22'ning rasmiy sotuvga chiqish sanasi 2021 yilning 1 oktyabri sanaladi.


FIFA 22'ni qaysi qurilmalarda o'ynash mumkin?

PlayStation 4, PlayStation 5, Xbox Series, Xbone One, PC, Nintendo Switch, servis Google Stadia.


FIFA 22'ning narxi qancha? 

O'yin uch toifa bo'yicha sotuvga chiqariladi: Standard, Champions hamda Ultimate. Narxlar shu bo'yicha yuqorilab boradi.

PS4&PS5 — $59.99, $79.99, $99.99

Xbox One & Xbox Series-X — $59.99, $79.99, $99.99

$ — dollar qiymatida.


Treyler



Yangi HyperMotion texnologiyasi bilan nima o'zgaradi?

U rasmiy treylerda ko'zga tashlanadi. Loyihani amalga oshirish uchun o'yinchilarning real harakatlaridan foydalanilgan. EA Sports o'yinga jonli animacion texnologiyalarini kiritdi. Nazariy jihatdan, bu suniy intellekt va o'yinda havodagi kurashni qaytadan ko'rib chiqilganini anglatadi.

HyperMotion texnologiyasi o'yinga to'rt mingga yaqin yangi animaciyalar qo'shishi rejalashtirgandi. Ularni yaratish uchun 22 nafar futbolchidan foydalanilgan. EA Sports takidlashicha, o'yindagi harakatlar endi haqiqiy futboldagi o'yinchilarning xatti-harakatlariga o'xshash bo'ladi. O'yin hech qachon bunday realizm darajasiga etmagan.

Foydalanuvchilar uchun bitta muammo bor: ushbu texnologiya kompyuterda o'ynab bo'lmaydi. Undan faqat PS5 va Xbox Series-X'da foydalanish mumkin. Sababi, ko'plab kompyuterlar HyperMotion'ning minimal talablariga ham javob bera olmaydi. FIFA'ning yangi qismi FIFA 21 dan tubdan farq qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика