FIFA 15 kiberfutboli bo'yicha O'zbekiston Kubogi final bosqichi start oldi
16 sen 2015 10:45
Yangiliklar
FIFA 15 kiberfutboli bo'yicha O'zbekiston Kubogi final bosqichi start oldi
Turnirning final bosqichida 32 nafar ishtirokchi ishtirok etmoqda.
Ushbu bosqichda ishtirokchilar 4ta guruhga bo'linib pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
8 ishtirokchidan tashkil topgan guruhlardan 4 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga chiqadi.
15 sentyabr kuni turnirning ikki guruh o'yinlari yakunlandi, bugun esa qolgan guruh ishtirokchilari o'z uchrashuvlarini o'tkazishadi.
FIFA 15 kiberfutboli bo'yicha O'zbekiston Kubogi final bosqichi "ICTExpo-2015" ko'rgazmasida bo'lib o'tmoqda.
Turnirda saytimiz xodimi Narzulla Saydullaev ham ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, FIFA kiberfutboli bo'yicha O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi Abdusapi Qayumovdir.
Turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
Suratlar: infocom.uz
Fikrlar