FIAT xodimlari Ronalduning transferi tufayli ish tashlash uyushtirishadi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2018, 17:25
"Yuventus" homiyi bo'lgan FIAT kompaniyasi xodimlari "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xarid qilinganidan norozi.

Avtokoncern xodimlarining fikricha, bunday xarajatlar noto'g'ri va ular ish tashlash uyushtirishmoqchi.

"Bu to'g'ri qaror emas, ishchilar og'ir iqtisodiy damlarni boshidan kechirayotganda 100 mln. evrolik futbolchi sotib olinmoqda.

Bizga qiyin damlar kelganini, kompaniyaning xodimlar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari kamayishini aytishdi.

Kompaniya xodimlar qiziqishini birinchi o'ringa qo'yishi kerak. Bugun bunday emas, klub egalariga futbol va ko'ngilxushlik qiziqroq.

Shu sabablarga ko'ra kompaniya xodimlari 15-17 iyul kunlari ish tashlash e'lon qilishmoqchi" - deyiladi FIAT xodimlari bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu transferining bir qismini FIAT zavodi zaxira pulidan to'lanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia