Feyenoord olti yillik tanaffusdan so'ng Niderlandiyada tengsiz bo'ldi
15 may 2023 07:11
Yangiliklar


Feyenoord olti yillik tanaffusdan so'ng Niderlandiyada tengsiz bo'ldi
Feyenoord muddatidan avval Niderlandiya chempioniga aylandi.
32-tur bahsida Arne Slot jamoasi «Gou Ehed Igls»ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Eredivizi tugashiga ikki tur qolganida rotterdamliklar PSVdan 8 ochko oldinda va Eyndhoven klubi peshqadamga eta olmaydi.
«Feyenoord» o'z tarixida 16-marta mamlakatda tengsiz jamoa bo'ldi — bu borada faqat «Ayaks»(36) va PSV (24) oldinda. Jamoa oxirgi bor 2016/17 yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar