So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Fevzi Davletov: "Uchinchi golni ancha oldin urishimiz kerak edi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Uchinchi golni ancha oldin urishimiz kerak edi"

O'zbekiston Kubogi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Tig'iz taqvimni hisobga olgan holda bugun ayrim rotaciyalarga qo'l urgandik va kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotganlarga imkon berdik. Dastlabki 15-20 daqiqalikda yaxshi hujumlar qildik, gollar urdik. Ikki to'p farqidan keyin himoyada o'ynadik. Tarkibda ushbu mavsumda kam o'ynayotganlar ko'pchilik bo'lgani sezildi, ular bosimga dosh bera olishmadi. Standartdan gol qo'yib yubordik, vaziyatlarda oxirigacha o'ynay olmadik. Ushbu jihatda yaxshiroq harakat qilish uchun ishlashda davom etamiz. Tanaffusda ayrim jihatlarni to'g'riladik, futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Ikkinchi bo'limda yuzaga keltirilgan vaziyatlardan uchinchi golni ertaroq urib olishimiz kerak edi. Biroq vaziyatlardan foydalanish bizni qiynadi. Uchinchi gol uchun etarlicha vaziyat yaratgandik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, ularni g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'limning katta qismini himoyada o'tkazdik. Himoyachilar yomon o'ynashmadi, ha, xatolar bor edi. Umuman olganda barchasi yaxshi bo'ldi.

- "Surxon" 2:1 hisobida g'alaba qozonayotgan paytda chuqur himoyaga yotib oldi va faqatgina ikkinchi to'p uchun o'ynashga harakat qildi. Bu holatga fikringiz.

- Xato shunda bo'ldiki, biz juda chuqur himoyaga yotib oldik. Biz bunga qadar vertikal to'p oshirishlarni qaytarishni ko'p ishlagandik. Tanaffusda esa futbolchilarga diagonal paslar ko'proq bo'ligini aytgandik, biroq buning ustida etarlicha ishlamagandik. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol aynan shu xato orqali kiritildi. Shunday bo'lsa ham biz ko'p vaziyatlar yaratdik va buni normal holat deb hisoblayman.

- "Dinamo" va "Lochin"ga qarshi o'yinlarda qanday taktika asosida jamoani o'ynatasiz? Bugungi rotaciya faqatgina taqvim zichligi sababli qilindimi yoki kubokdagi keyingi o'yinlarda ham rotaciyaga qo'l uriladimi?

- Rotaciya bo'ladi. Hozir har 4-5 kunda o'yin o'tkazyapmiz. Oldimizdagi har bir uchrashuv qiziq bo'ladi, shu sababli tezda tiklanib, navbatdagi bahslarga jiddiyroq tarzda tayyor bo'lish kerak. 

- Ushbu mavsum "Surxon"da yashirin to'purar paydo bo'ldi. Raqobatda boshqa hujumchilardan ustun bo'layotgan Muhammad-Ali Abdurahmonov haqida nima deya olasiz?

- Haydarov jarohati sababli mavsumoldi yig'inlarni o'tkazib yubordi. Yanvar oyida aynan shu sababli maydondan tashqarida bo'ldi. Hozir u optimal holatida emas. U hali o'z darajasiga qaytishi kerak. O'yinda, mashg'ulotda uning ishlaydigan jihatlari juda ko'p.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика