Fevzi Davletov: “Qizil kartochka o'yinning borishiga tasir ko'rsatdi”
26 sen 21:44
Yangiliklar
Fevzi Davletov: “Qizil kartochka o'yinning borishiga tasir ko'rsatdi”
Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Dinamo” - “Surxon” (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Uchrashuv biz uchun juda yomon ko'rinishda o'tdi. Qizil kartochka o'yinning borishiga o'z tasirini ko'rsatdi. OKMK va “Bunyodkor” bilan o'yinlardagi mag'lubiyatlar ortidan yigitlarning ruhiyatida muammolar bor edi. Bugun qizil kartochkadan keyin hujum tashkil etishda qiynaldik. O'yinga tanlagan rejalarimiz o'zgarib ketdi.
- Bugun jamoangiz optimal tarkib bilan o'ynadimi?
- Yo'q, to'liq optimal tarkib bilan o'ynay olmayapmiz. Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchimiz bor, shuningdek o'yin davomida qizil kartochka ham oldik. Yuzaga keladigan tanaffusda jiddiy ishlaymiz. Oldimizda har bir futbolchi bilan indivudial shug'ullanish uchun imkoniyat yuzaga kelayapti. Bundan unumli foydalanishimiz kerak.
Fikrlar