So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Fevzi Davletov: "Nimeli haqida gapirishni istamayman. No comment" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Nimeli haqida gapirishni istamayman. No comment"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Surxon" – "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi

- O'yin haqida

- Futbolchi va muxlislarn g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. Raqib ham yaxshi harakat qildi. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan so'ngi to'qnashuvni o'rganib chiqdik va xatolarni to'g'irladik. To'pga egalik qilish va ko'proq hujumga o'tishni maqsad qilgandik. O'z oldimizga qo'ygan vazifani yaxshi udalladik deb o'ylayman.

- Avvalgi uchrashuvlarda jamoa faqatgina bir bo'lim yaxshi o'ynayotganidan noligan edingiz. Bugungi o'yinda jamoangiz ikki bo'lim ham yaxshi harakat qildi. Jamoangiz namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz?

- Ikkinchi bo'limda himoyadan hujumga o'tishda juda-juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. "Lokomotiv"ga qarshi bahsda naqd 14ta keraksiz xatolar qildik. Bugungi uchrashuvning 30-daqiqasida ham bunday xatolar qildik. Raqib ham bugun yaxshi o'ynadi. SHuningdek, uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun bir kun kamroq vaqtimiz bor edi.

- "So'g'diyona" jamoasi kuchli hujumchilarga ega ekanligini bilamiz. So'ngi o'yinlarda ko'p gol urayotgan Lyupche Dorievni zararsizlantirish rejasini tuzib chiqqan edingizmi?

- Doriev qaysi futbolchimizning zonasida paydo bo'lsa, o'sha futbolchi unga qarshi o'ynashi kerakligini aytgandim. Qo'shimcha reja va personal himoya bo'yicha hech qanday rejamiz yo'q edi. Kim unga yaqinroq bo'lsa, o'sha futbolchi uni yopishi kerak. Biz o'zimizning o'yinmizni yaxshilashimiz kerak. Raqib futbolchilari haqida o'ylashga vaqt yo'q.

- Silvanus Nimeli bugun qaydnomadan joy olmadi. Bunga sabab nima? U jamoadan ketadi degan xabarlar qanchalik rost?

- No comment. Keyinroq rasmiy malumot beramiz. Jamoamizning matbuot xizmati yaqin orada to'liq malumot beradi.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика