So’nggi yangiliklar

16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  0 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1

Fevzi Davletov: "Jamoada hozircha hech qanday o'zgarishlar yo'q, transfer taqiqini rahbariyat hal qiladi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Jamoada hozircha hech qanday o'zgarishlar yo'q, transfer taqiqini rahbariyat hal qiladi"

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Avvalo, yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamizni qo'llab-quvvatlash muxlislar uzoq yo'ldan tashrif buyurishdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Kam vaqt berilayotgan futbolchilarga imkon berildi. Bizda qizil kartochkalar sababli uchta yo'qotish bor edi. Dmitriy Pletnyov qizishib olish mashg'ulotlarida jarohat oldi. Dastlabki 25 daqiqada o'yinga kirishib keta olmadik. To'pni ko'p yo'qotdik. Taymning ikkinchi yarmida esa hammasi iziga tushgandek bo'ldi. Vaziyatni barqarorlashtirib, to'p bilan ko'proq muomala qila boshladik. Yakuniga etkazib qo'yish mumkin bo'lgan golli vaziyatlar sodir etdik va gol urdik. Ikkinchi bo'limda esa raqib jamoa bosim o'tkazib, yuqoriroq intilishga harakat qildi. Vaziyatlardan ikkinchi golni urishimiz kerak edi. Keyin nimadir yuz berdi. 15-20 daqiqadan so'ng ko'ngildagidek harakat qila olmadik va gol qabul qilib oldik. Yigitlarga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. 

- Potapov va Hoshimov jamoada qoladimi yoki tark etishadimi?

- Hozircha jamoada hammasi joyida, hozircha hech qanday o'zgarishlar yo'q, Potapov mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Ulug'bek biz bilan. Ularning boshqa jamoaga o'tgani haqida malumotlar yo'q. Hozircha hammasi joyida. 

- "Surxon"ga qo'yilgan transfer taqiqi jamoa rejalarini qanchalik o'zgartirib yubordi?

- Buni rahbariyat hal qiladi. Men bu ishlar yuzasidan biror masalani hal qilishga haqli emasman. O'ylashimcha, bu muammo yaqin vaqt ichida hal qilinadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика