Fevzi Davletov: “Buxoro”ga qarshi o'yin qiyin bo'ladi"
05 may 2016 11:18
Yangiliklar
Fevzi Davletov: “Buxoro”ga qarshi o'yin qiyin bo'ladi"
Mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv murosasiz hamda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Bekobodliklar bu o'yinga Toshkent viloyati CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida tayyorgarlik ko'rishdi.
Bo'lg'usi uchrashuv haqida to'xtalar ekan, jamoa katta murabbiyi Fevzi Davletov o'yin “Metallurg” uchun qiyin kechishini yashirmadi. “Jamshid Saidov hamda Tachmurod Agamurodovlar boshchiligida Buxoroda juda kuchli jamoa shakllandi. Bu ishga o'tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasidayoq poydevor qo'yilgandi. Qishki o'quv-mashg'ulot jarayonida tarkib yana bir qator tajribali o'yinchilar bilan to'ldirildi. Ayni paytda “Buxoro” sovrinli o'rinlar uchun kurashayapti, deb bemalol aytish mumkin. SHu manoda biz uchun o'yin oson bo'lmaydi. Ammo, “Metallurg”da ham ko'tarinki kayfiyat hukmronlik qilyapti. Qolaversa, so'nggi uchrashuvdagi muhim g'alaba yigitlarning o'zlariga bo'lgan ishonchlarini yanada oshirdi. SHunday ekan, biz Buxoroga ijobiy natija uchun yo'l olayapmiz”, deydi “Metallurg” ustozi.
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar