So’nggi yangiliklar

02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  0 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  1 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  2 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  1 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  1 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  5 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3

Fevzi Davletov: "O'yinni to'liqligicha nazorat qildik, faqatgina gol etmadi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "O'yinni to'liqligicha nazorat qildik, faqatgina gol etmadi"

Superliga 25-tur doirasidagi "Metallurg" - "Surxon" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun gol urishning uddasidan chiqmadik. Qiyin o'yin bo'lishi haqida ogohlantirgandim. O'yinni to'liqligicha nazorat qildik, faqatgina gol etmadi.


— Birinchi bo'limning 35-daqiqasida Asilbek Jumaevni almashtirish sababi nima edi? Ko'rdikki, u maydondan norozi tarzda chiqib ketdi.

— Unda jarohat bor edi, raqib to'pni olish chog'ida bu yanada yomonlashdi. Asrashimiz kerak edi, ammo yanada yomonlashtirdik. Bundan tashqari, sariq kartochkasi ham bor edi. Bu majburiy o'zgarish edi.

— Bu "Metallurg" uchun hayot-mamot o'yini edimi?

— Ha, albatta, turnir jadvalidan kelib chiqqan holda. Bu bekobodliklar yutishi shart bo'lgan o'yin edi.

— "Surxon" mavsum oldida o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishdimi?

— Bizda stabillik hukm surmoqda. O'tgan yili 6-o'rinda edik, bu yil 7-o'rinni egallamoqdamiz. CHempionatni yaxshi o'tkazdik, bundan ham yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Sodir etgan xatolarimizni tahlil qilamiz va kelajakda takrorlamaslikka urinamiz.

— Bugungi o'yinda "Surxon" muxlislarining hatti-harakatlarini qanday baholaysiz?

— Ajoyib, ammo afsuski, ularni gol bilan xursand qila olmadik. Bitta o'yin qoldi, olg'a harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика