So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  6 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  8 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  2 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

Feruz Fahriddinov: “Xarakter evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Feruz Fahriddinov: “Xarakter evaziga g'alaba qozondik”

Ayni kunlarda Toshkent shahrida futzal bo'yicha Oliy liganing 2-tur bahslari davom etmoqda.

Bugun “Paxtakor” o'zining navbatdagi uchrashuvini “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazdi. Qiziqarli kechgan bahsda “sherlar” 6:3 hisobida g'alaba qozonib, ochkolarini sonini 13 taga etkazib olishdi. Toshkent derbisidan keyin “sherlar” etakchisi Feruz Fahriddinov bilan suhbatlashdik. Fahriddinov “Bunyodkor” darvozasiga ikki marotaba to'p yo'llashga muvaffaq bo'ldi. 

- “Bunyodkor”ga qarshi o'yin haqida

- Raqibimiz juda tajribali raqib hisoblanadi. O'yin juda qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. O'z darajamizda o'ynay olmadik. Tanaffusdan keyin ko'proq hujum tashkil etishga katta etibor qaratdik. Vaziyatlarimizdan esa muhim gollarni urgan holda g'alabaga erishdik. Yigitlar xarakteri tufayli g'alaba qozondik. 

- Ortda qolgan ikkita o'yin borasida

- “Neftchi” va “Bunyodkor”ga qarshi har ikki bahs biz uchun oson kechmadi. Farg'onaliklarga qarshi bahsda ancha qiynaldik. CHunki ikkinchi turning birinchi o'yini bo'lgani tufayli o'z darajamizda o'ynay olmadik. Xatolar ko'p bo'ldi. Xayriyatki, ikkisida ham muhim g'alabalarga erishgan holda ochkolarimiz sonini ko'paytirib oldik. 

- Maqsadlari to'g'risida

- To'g'risi, men "mana shuncha gol uraman" deb o'z oldimga maqsad qo'ymaganman. Asosiysi, jamoamiz g'alaba qozonishi muhim ahamiyatga ega. Qaysi bir futbolchi gol urishidan qatiy nazar “Paxtakor” vazifasini bajarsa, xursand bo'laman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика