So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Fernandu Santush: "Buni yana bir marta aytaman, Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q" Yangiliklar

Fernandu Santush: "Buni yana bir marta aytaman, Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q"

Portugaliya termasi ustozi Fernandu Santush JCH 1/4 finali doirasidagi Marokashga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santush matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning terma jamoadan ketishi haqida chiqqan gap-so'zlarga quyidagicha munosabat bildirdi. 

"Futbolchilar xursand bo'lishi uchun doim o'zaro til topishishga harakat qilaman. Ronaldu – sardor. Men unga muhtojman. U bilan gaplashib olishga majburman. 



Mashg'ulotlarda SHveycariyaga qarshi asosiy tarkib borasida gaplashmadik. Tushlikdan so'ng nima uchun maydonga tushmasligini tushuntirdim. Bu uning uchun syurpriz bo'lmadi. Bu bizning strategiyamiz ekanligini va bu muhimligini aytdim. Uni ikkinchi taymda istalgan vaqtda tushirishim mumkinligini aytdim. Albatta, u bundan xursand bo'lmadi, ammo ko'rsatmalarimni to'g'ri qabul qildi. Ronaldu umuman termadan ketishi haqida gapirgani yo'q. Buni yana bir marta takrorlab o'tyapman.



O'yin davomida golni barcha bilan birga nishonladi. Barcha uning baxtli ekanini ko'rdi. Qandaydir ketish haqida gap bo'lgani yo'q. 

Asosiy tarkibda maydonga tushmagan istalan futbolchi xafa bo'ladi. Menimcha, bu normal holat", – dedi Fernandu Santush.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика