So’nggi yangiliklar

21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  7 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3

Fernando Lorente: "Italiyada ekanligimdan baxtliman" Yangiliklar

Fernando Lorente: "Italiyada ekanligimdan baxtliman"

Turinning "Yuventus" jamoasiga o'tgan yozda ko'chib o'tgan ispaniyalik hujumchi Fernando Lorente bu mavsumda yanada yorqinroq o'yin ko'rsatishini istayotganligini takidlab o'tdi.

Men Italiyada ekanligimdan baxtliman. O'tgan mavsumda "Yuventus" tarkibida 18ta gol kiritdim. Biz chempionlikni qo'lga kiritdik va ochko jamg'arish bo'yicha rekord o'rnatdik. Bu men uchun ajoyib mavsum bo'ldi. Buning yana bir sababi shundaki, men ilk bor Ispaniyadan tashqarida o'ynaganim bo'lsa kerak. O'tgan yil men uchun oson kechmadi. Lekin chiroyli tarzda yakunlandi. Umid qilamanki, bu yili yanada yaxshiroq kechadi va men ko'proq gol kiritishga harakat qilaman.
Meni "Yuventus"dagi faoliyatimni "Verona" darvozasiga kiritgan golim o'zgartirib yubordi deb bemalol ayta olaman.

Massimiliano Allegri juda yaxshi murabbiy. Uch yil ichida u Italiyadagi barcha sovrinlarni yutishga erishganligi ham uning qanday mutaxassis ekanligini ko'rsatib turibdi. Bizning tarkibimiz o'tgan yilgi ijrochilar va plyus yana kuchli yangi futbolchilar bilan boyitildi. O'ylaymanki, biz yanada kuchaydik. Allegri bilan yangi marralar sari intilishni istaymiz. Biz o'zimizning maydondagi harakatlarimiz bilan Allegri qanday murabbiy ekanligini muxlislarga isbotlashimiz zarur.
CHempionlar ligasida ham yuqori maqsadlar bilan ishtirok etmoqchimiz. Bor kuch-g'ayratlarimizni ishga solamiz. O'tgan yili hech kim "Atletiko"ni finalgacha borishini taxmin qilmagan edi. Biz ham bu mavsumda katta mehnat evaziga yanada yaxshiroq natijani qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
Alvaro Morataning "Yuventus"ga kelib qo'shilganidan xursand bo'ldim. Morata bilan munosabatlarimiz yaxshi. Men u bilan gaplashdim, bu erda qanday yaxshi ekanlagini aytdim. Hujum chizig'idagi kuchli raqobat bu bizning foydamizga ishlaydi. Alvaro Morata menga raqib emas, balki do'stdir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика