Fernandino "Manchester Siti"da qoladi
18 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
Fernandino "Manchester Siti"da qoladi
Braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Fernandino "Manchester Siti" bilan hamkorlikni uzaytirishga yaqin.
Angliya chempioni rahbariyati 36 yoshli o'yinchiga bir yillik shartnoma taklif qildi. O'yinchi yangi bitim imzolashga tayyor.
Fernandino "shaharliklar" tarkibida 2013 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etishga erishdi.
Fikrlar