Fernandesh: “Kantona darajasigacha etishimga hali ancha bor”
16 avg 2020 21:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587241_original.jpg)
![](/upload/storage/587241_220.jpg)
Fernandesh: “Kantona darajasigacha etishimga hali ancha bor”
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh uni jamoa afsonasi Erik Kantona bilan taqqoslashlariga loyiq emasligini aytdi.
Portugaliyalik yanvarda “qizil iblislar” azosiga aylangan va 21 o'yinda qatnashib, 11+8 natijaga erishishga ulgurdi.
“Buni eshitganimdan juda ham xursandman, lekin Kantona ajoyib o'yinchi edi va meni u bilan solishtirishlari uchun juda, juda, juda, juda ko'p mehnat qilishim kerak.
Bu erga kelganimdan juda baxtiyorman, lekin hozircha mamnun emasman. “Manchester Yunayted” titullarni yutishga odatlangan va men klubga kuboklarni qo'lga kiritish uchun tashrif buyurdim.
Agarda mavsumni Evropa Ligasidagi g'alaba bilan yakunlasak, shunda juda xursand bo'laman”, deydi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar