Fernandes: "Aguero - zo'r futbolchi, uning xar qadamini kuzatish kerak"
04 noy 2014 13:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/150330_original.jpg)
![](/upload/storage/150330_220.jpg)
Fernandes: "Aguero - zo'r futbolchi, uning xar qadamini kuzatish kerak"
CSKA himoyachisi Mario Fernandes "Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan oldin o'z jamoasining tayyorgarligi haqida gapirib berdi.
"Siti" juda kuchli raqib, ularni top jamoa deyish mumkin. Bizni qardan o'yin kutib turganini bilib turibmiz. "Manchester Siti" Angliya chempionatining g'olibi.
Biz qiyin vaziyatda turibmiz, ammo ular ham xuddi biz kabi ahvolda. "Siti" va CSKA ham CHempionlar ligasida birinchi g'alabani qo'lga kiritish uchun hamma narsani qiladi. Ikkala jamoa borini ko'rsatadi.
Aguero zo'r futbolchi, uning xar qadamini kuzatish kerak. "Siti"ning boshqa futbolchilari ham xavfli. Bizni katta ahamiyatga ega o'yin kutib turganini barcha biladi. O'ylashimcha, biz bu bahsga tayyormiz" - deydi futbolchi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar