Fernandes: "Aguero - zo'r futbolchi, uning xar qadamini kuzatish kerak"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2014, 13:49
SSKA himoyachisi Mario Fernandes "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan oldin o'z jamoasining tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

"Siti" juda kuchli raqib, ularni top jamoa deyish mumkin. Bizni qardan o'yin kutib turganini bilib turibmiz. "Manchester Siti" Angliya chempionatining g'olibi.

Biz qiyin vaziyatda turibmiz, ammo ular ham xuddi biz kabi ahvolda. "Siti" va SSKA ham Chempionlar ligasida birinchi g'alabani qo'lga kiritish uchun hamma narsani qiladi. Ikkala jamoa borini ko'rsatadi.

Aguero zo'r futbolchi, uning xar qadamini kuzatish kerak. "Siti"ning boshqa futbolchilari ham xavfli. Bizni katta ahamiyatga ega o'yin kutib turganini barcha biladi. O'ylashimcha, biz bu bahsga tayyormiz" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com