So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

Fergyusonning "Manchester Yunayted"dagi so'nggi 7 transferi Yangiliklar

Fergyusonning "Manchester Yunayted"dagi so'nggi 7 transferi

Buyuk shotlandiyalik murabbiyning "qizil iblislar" safiga olib kelgan oxirgi o'yinchilarini eslab o'tamiz.

Mana olti yildan buyon ser Aleks Fergyuson futbolda nofaol. U 2013 yilda 13-Angliya chempionligini qo'lga kiritib, murabbiylik faoliyatini yakunlagandi va yosh hamkasblariga o'rnini bo'shatgandi. Afsuski, ular jilovni to'g'ri ushlay olmadilar va endi MYU Fergyuson davridagidek kuchli emas.

Bugun biz janob Fergyuson sotib olgan barcha futbolchilar haqida to'xtalib o'tirmaymiz, balki uning oxirgi 7 transferini yodga olamiz. Ular kimlar edi va hozir qaerda?


Frederik Veseli (Albaniya)


Qaerdan kelgan: «Manchester Siti»

Transfer sanasi: 2012 yil 31 yanvar

Kelishuv narxi: erkin agent

MYUdagi faoliyati: 0 o'yin

SHveycariyada tug'ilgan va 15 yoshida "Tumanli Albion"ga kelib qolgan bu alban yigitni ko'pchilik eslolmaydi. Dastlab Veseli markaziy himoyachi sifatida "Manchester Siti" akademiyasida to'p tepdi, ammo uch yarim yildan so'ng u "Yunayted" safiga qo'shilishga qaror qildi. Frederikning o'zi esa bu o'tishni "qizil iblislar"da birinchi jamoaga kirish osonroqligi bilan izohlagan. Biroq, aytarli hech narsa sodir bo'lmadi. Bir yarim yil o'tgach, Veseli "Manchester Yunayted" uchun birorta ham o'yin o'tkazmadi va jamoani tark etib, "Ipsvich"ga o'tdi.

2016 yil avgust oyida Veseli "Empoli" bilan shartnoma imzoladi, ammo 2020 yil 31 yanvarda olti oylik ijara asaosida Franciyaning "Le Man" klubiga o'tdi. Hatto terma jamoada ham uning omadi chopmadi. Frederik avval SHveycariya yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida o'ynadi, ammo ajdodlari yurtidan yani Albaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun taklif oldi va uni qabul qildi. U allaqachon 22 o'yin o'tkazishga ulgurdi. Uning hozirgi transfer qiymati o'rtacha 900 ming evroga baholanmoqda.


Sindzi Kagava (Yaponiya)


Qaerdan kelgan: «Borussiya» Dortmund

Transfer sanasi: 2012 yil 1 iyul

Kelishuv narxi: 16 million evro

MYUdagi faoliyati: 57 o'yin, 6 gol, 10 muvaffaqiyatli uzatma

2010 yilda Osiyodan Evropaga, Dortmundning "Borussiya" jamoasi safiga o'tgan yaponiyalik futbolchi tez orada o'zini ko'rsatishga erishdi. Sindziga top-klublardan taklif tusha boshladi va "Borussiya" mutasaddilari yaponiyalikning transferi orqali yaxshi pul ishlash imkoniyatini qo'ldan boy berishmadi.

Mish-mishlarga ko'ra, 2012 yil yozida "Manchester Yunayted" Sindzi Kagava yoki Eden Azarni sotib olish haqida o'ylay boshladi. "Qizil iblislar" o'ylanib turishganida "CHelsi" belgilaylik o'yinchini "ilib ketdi". "Old Trafford"ga esa eng yaxshi variant sifatida yaponiyalik o'yinchi olib kelindi.

Bugun Azar "CHelsi" uchun nimalar qilgani va Kagavaning MYUdagi faoliyatiga nazar solsangiz, tasirli holatga tushib qolishingiz aniq.

Bu gaplar kulgili ko'rinadi-yu, lekin ikki yildan so'ng MYU Sindzini yana "Borussiya"ning o'ziga atigi 8 million evroga sotishga rozi bo'ldi. To'rt yarim mavsum "qora-sariqlar" safida o'ynagan Kagava, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Beshiktosh"da ijarada o'tkazdi va 2019 yil yozida u nemis klubining boshliqlari tomonidan "Saragosa"ga 3 million evroga sotildi. Hozir Kagava 30 yoshda va uning faoliyati Segunda'da davom etmoqda.


Nik Pauell (Angliya)

Qaerdan kelgan: «Kryu Aleksandra»

Transfer sanasi: 2012 yil 1 iyul 

Kelishuv narxi: 7,5 millionov evro

MYUdagi faoliyati: 9 o'yin, 1 gol

2012 yilning yozida "qizil iblislar" 18 yoshli yarim himoyachi Nik Puellning transferi uchun 7,5 million evro to'lagan edi, o'sha paytda skautlar uning istedodiga shubhalanishmagandi. Veselidan farqli o'laroq, Pauell "Manchester Yunayted"ning birinchi jamoasida o'ynashga muvaffaq bo'ldi, ammo to'rt mavsum davomida u bor-yo'g'i 9 ta bahs o'tkazgan...

2016 yilda Pauell erkin agent sifatida "Uigan"ga o'tdi va u erda uch mavsumni yaxshi o'tkazdi. Ayni damda Nik "Stok Siti"dan to'r tepmoqda.


Anxelo Enrikes (CHili)


Qaerdan kelgan: «Universidad de CHili»

Transfer sanasi: 2012 yil 15 avgust 

Kelishuv narxi: 5,5 millionov evro

MYUdagi faoliyati: 0 o'yin

Aleks Fergyusonga Anxelo Enrikesning istedodi haqida 2011 yilda Janubiy Amerika yoshlar chempionatiga tashrif buyurgan "Manchester Yunayted" skautlari gapirib berdi. Bir necha oy o'tgach, Angliya klubi "Universidad de CHili" bilan Enrikeni sotib olish bo'yicha kelishib oldi va ko'p o'tmay chililik "Old Trafford"ga o'tdi. Afsuski, Anxelo o'zini top-klub va top-ligada namoyish eta olmadi. U Manchesterda uch yil davomida birinchi jamoa uchun bitta ham o'yin o'tkazmadi.

Anxelo Enrikesning "Dinamo Zagreb"da o'tkazgan ijaradagi o'yinlari juda muvaffaqiyatli bo'ldi - u Xorvatiya chempionatining 25 o'yinida 21 ta gol urdi. Hozirda 25 yoshli Enrikes o'z faoliyatini boshlagan klubida yani "Universidad de CHili"da o'ynab kelmoqda. 


Robin van Persi (Niderlandiya)


Qaerdan kelgan: «Arsenal»

Transfer sanasi: 2012 yil 17 avgust 

Kelishuv narxi: 30,7 millionov evro

MYUdagi faoliyati: 105 o'yin, 58 gol, 21 muvaffaqiyatli uzatma

Aleks Fergyusonning "Manchester Yunayted" boshqaruvidagi so'nggi yillarida amalga oshirgan eng muhim va samarali xaridi Robin van Persi bo'lganligi shubhasiz. Niderlandiyalik futbolchi birinchi mavsumdayoq "qizil iblislar" safida 26 ta gol urdi va jamoani Angliya chempioni bo'lishiga munosib hissa qo'shdi. Van Persi "Old Trafford"ga kelganidan bir yil o'tgach, Aleks Ferguson klubni tark etdi, shundan so'ng o'yin nafaqat Robin uchun, balki butun jamoa uchun yomonlasha boshladi va bu chempionlar darajasidagi futbol emasdi.

2015 yil yozida Robin van Persi 6,5 million evro evaziga "Fenerbaxche"ga o'tdi. Turkiyada hujumchi ikki yarim mavsumni o'tkazdi, keyin 34 yoshida u Niderlandiyaga o'zining "Feyenoord" klubiga qaytdi. O'tgan yozda Robin van Persi butsalarini mixga ilib, futbol bilan xayrlashishga qaror qildi.


Aleksander Byuttner (Niderlandiya)


Qaerdan kelgan: «Vitess»

Transfer sanasi: 2012 yil 21 avgust

Kelishuv narxi: 5 millionov evro

MYUdagi faoliyati: 28 o'yin, 2 gol, 3 muvaffaqiyatli uzatma

"Vitess" himoyachisi MYU skautlari etiboriga tushdi. Gap shundaki, Byuttner Dennis Irvin yoki Patris Evra kabi yo'lni bosib o'tishi mumkin edi, ammo hammasi yorqin kechmadi. Aleksander Fergyuson davrida ham, Moyes davrida ham o'z o'rnini topa olmadi.

Klub o'yinchini sotib olganidan ikki yil o'tgach, foyda bilan - 5,5 million evro evaziga Moskvaning "Dinamo" klubiga sotishga muvaffaq bo'ldi. Rossiyada niderlandiyalik himoyachi hech qanday karomat ko'rsatolmadi. SHundan so'ng u "Vitess"ga qaytdi. 2020 yil boshida, 31 yshli Byuttner "Nyu-Inglend Revolyushn" bilan shartnoma imzoladi va endi o'zini MLSda namoyon etishga harakat qiladi.


Uilfrid Zaa (Kot-d'Ivuar)


Qaerdan kelgan: «Kristal Pelas»

Transfer sanasi: 2013 yil 25 yanvar

Kelishuv narxi: 11,75 millionov evro

MYUdagi faoliyati: 4 o'yin

Teo Uolkot, Garet Beyl va Aleks Oksleyd-CHemberlenni o'z shogirdlari qatoriga jalb qila olmagan Aleks Fergyuson "Kristal Pelas"ning tezkor va istedodli vingeri bo'lgan Uilfrid Zaa bilan kelishuvga erishdi. Taassufki, Angliyada tug'ilgan ivuarlikning "Old Trafford"dagi faoliyati "o'xshamadi".

2015 yil fevral oyida bir qator ijaralardan so'ng, Uilfrid Zaa nihoyat "Yunayted"ni tark etib, o'zining "Kristal Pelas"iga keldi. Londonliklar transfer uchun atigi 4 million evro to'lashgan va bundan afsuslanishmagan. Zaa tez fursatda nafaqat, oldingi darajasiga qaytdi, balki Premer-liganing eng sermahsul vingerlaridan biriga aylandi. Hozir Uilfrid bor-yo'g'i 27 yoshda va "Selxerst Park"dagi 6 mavsumdan so'ng, o'zini yanada yuqori saviyadagi jamoada sinab ko'rish istagida.


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика