So’nggi yangiliklar

12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  0 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   10 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  2 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  1 08:28Туркия Суперкубоги. «Бешиктош» ва «Галатасарой» ортасидаги учрашувда дахшатли натижа қайд этилди  1 08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  10 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  29 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  1

Fergyuson jamoasi: Ular hozir qaerda? Yangiliklar

Fergyuson jamoasi: Ular hozir qaerda?

Teglar :  Manchester Yunayted
2012-13 yilgi yili "Manchester Yunayted" buyuk murabbiy qo'l ostidagi so'nggi mavsumini o'tkazdi.

Ser Aleks Fergyuson 26 yil davomida buyuk jamoaning xizmatida bo'ldi. "Murabbiylarning otasi" "qizil iblislar" bilan birgalikda 38 sovringa ega chiqdi va APLda ishlagan eng qari murabbiyga aylandi. U 71 yoshiga qadar murabbiylikda ishladi.

Fergi uzoq yillar davomida "Manchester" tarkibida buyuk jamoani yig'di. U chempionlik bilan istefoga chiqdi. Ammo ushbu jamoaning katta qismi hozirda MYU tarkibida emas. Xo'sh, ular hozir qaerdi?

DAVID DE XEA - "Manchester Yunayted"

2011 yilning yozida David 22,5 mln funt evaziga ushbu jamoa tarkibiga o'tgandi.

Edvin van der Sarning munosib vorisi o'zining ilk mavsumida 29 o'yinda qatnashdi va shularning 13tasida gol o'tkazib yubormadi.

U etti mavsum davomida "Old Trafford"ning eng muhim bo'lagidan biriga aylandi va har yozgi transferlar oynasi vaqtida unga xaridorlar paydo bo'laverdi. Unga ko'plab top-jamoalar bog'lanishdi, ammo Joze Mourino uni jamoada olib qolishni uddalamoqda.

De Xea 27 yoshga kirgan. Ammo darvozabonlar uchun bu yosh unchalik ham qari emas. Ular 35 yoshgacha faoliyatini davom ettira olishini hisobga olsak, hali hammasi oldinda.

RAFAEL - "Lion"

Rafaelning egizagi bor edi, Fabio. Ular 2009 yildan keyin "Manchester Yunayted"ning himoyasida harakat qilishdi. Va shundan keyin boshqa jamoalar tarkibiga o'tib ketishdi.

Aka-ukalar bir ncha yillar davomida "Yunayted"ning asosiy himoyachilariga aylanishgandi. Ammo, Fergi ketganidan keyin Rafael ham jamoaga kerak bo'lmay qoldi.

Himoyachi 2008 yilda 2,7 mln evro evaziga MYU tarkibiga "Fluminense" jamoasidan transfer qilingandi. Avvaliga u jamoaning 18 yoshlilar tarkibida harakat qildi va keyinchalik asosiy jamoaga jalb qilindi.

2012-13 yilgi mavsumda u MYU tarkibida barcha turnirlarda 38 uchrashuvda maydonga tushdi.

Lui Van Gal jamoaning boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin barchasi o'zgardi. 2015 yilning yozida braziliyalik futbolchi 2,88 mln evro evaziga "Lion"ga transfer qilindi.

Rafael shundan buyon Franciya jamoasi tarkibida 78 uchrashuvda qatnashdi.

RIO FERDINAND - (Ekspert bo'lib ishlamoqda)

"Manchester Yunayted" himoyasini Rio Ferdinandsiz tasavvur qilib bo'lmasdi. U 2002 yilning yozida MYU bilan shartnoma imzolagandi. Mankunianliklar transfer uchun o'sha vaqtdagi rekord darajadagi mablag' - 30 mln funt sarflashgandi. 2014 yilning yozida u "Old Trafford"dan ketib, KPR azosiga aylandi. Ushbu jamoadan keyin u faoliyatini yakunladi.

Ferdinand "Vest Xem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1997-2001 yillar davomida London klubining yoshlar tarkibida harakat qilgan. SHundan keyin Rio 18 mln funt evaziga "Lids"ga o'tdi. U erda Ferdinand nimalarga qodir ekanligini namoyish qildi.

Hozirda Rio BT Sport telekanalining eksperti bo'lib ishlamoqda. SHuningdek, 2018 yilning may oyida bokschilik licenziyasiga ega bo'ldi.

JONNI EVANS - "Lester"

Jonni Evans yosh bo'lgan vaqtlarida , 2006 yilda Belgiyaning "Antveraen" jamoasiga ijaraga berildi. SHundan keyin u "Sanderlend"da o'ynadi.

SHundan keyin, 2008 yildan to 2015 yilga qadar u MYUning tarkibida harakat qildi. U 2011-12 yilda APLning 38 o'yinidan 29tasini zaxirada kuzatdi.

Lui Van Gal boshqaruvni o'z qo'liga olganidan keyin, 2015 yilda Evans "Vest Bromvich"ga yo'l oldi. 30 yoshli futbolchi ayni damda "Lester" tarkibida harakat qilmoqda.

PATRIS EVRA - erkin agent

Evra 2006 yilda 7 mln evro evaziga "Monako"dan xarid qilingan va 2014 yilda "Yuventus"ga o'tgandi.

Uch yildan keyin u Turindan erkin agent sifatida "Marsel" azosiga aylandi. 2018 yilning fevralida u "Vest Xem"dan mojarolar bilan ketdi. O'sha vaqtdan buyon jamoa topa olmayapti.

ANTONIO VALENSIYA - "Manchester Yunayted"

Valensiya 2009 yilda "Uigan"dan "Manchester"ga o'tdi. SHundan keyin u jamoaning muhim figurasiga aylandi. U boshlanishiga "Yunayted"ning o'ng qanot yarim himoyachisi bo'lgandi, Fergyuson esa uni qanot himoyachisiga aylantirdi. Ayni damda u "Yunayted"ning eng yaxshi himoyachisi.

32 yoshli Valensiyaning yoshlardek kuchi bor. Ekvadorlikning jismoniy holati anchagina yaxshi bo'lganligi uchun hali beri asosiy tarkibdan ketmaydi va jamoaning sardori bo'lib qoladi.

MAYKL KERRIK - "Manchester Yunayted" murabbiyi

"Yunayted"ning afsonasi 2006 yilda "Tottenxem"dan transfer qilingandi. U markaziy yarim himoyachi bo'lsa ham, tanyachda o'ynayverardi.

Kerrik ham "Vest Xem" tarbiyalanuvchisi edi. U 1999 yilning yozida asosiy jamoaga o'tdi. 2004 yilda esa "Tottenxem" uni 3 mln funt evaziga transfer qildi va 24 mln funt evaziga Fergyusonga sotib oldi. Maykl o'z harakatlari va sodiqligi bilan "Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylandi. Ayni damda u Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester"ning murabbiylar shtabida ishlamoqda.

SHINJI KAGAVA - "Borussiya Dortmund"

"Yunayted" muxlislari yaponiyalik yarim himoyachidan ko'prog'ini kutishgandi. U 2012 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan transfer qilingandi. SHinji jamoaning muhim futbolchisi bo'lish uchun anchagina ko'proq kuchini sarfladi, ammo u buni eplay olmadi desak ham bo'ladi.

2014 yilda Kagava yana sobiq jamoasiga qaytdi. Ammo u "Yunayted" muxlislari ko'nglini zabt qila oldi.

RAYAN GIGGZ - Uels termasi bosh murabbiyi

"Siti"da yoshligini o'tkazgan Rayan 1987 yilda "Yunayted"ga o'tdi. Giggz 1989 yilgacha jamoaning 18 yoshlilar tarkibida harakat qildi. SHundan keyin u asosiy tarkibga jalb qilindi. U faoliyatini bir jamoaga bag'ishladi va "Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi bo'lib qoldi.

Devid Moyes istefoga chiqarilganidan keyin Rayan Giggz jamoani vaqtincha boshqarib turdi. Va eson-omon "Yunayted"ni Lui Van Galga topshirdi.

2018 yilning yanvarida esa Rayan Uels termasining bosh murabbiyiga aylandi.

UEYN RUNI - "Di Si Yunayted"

"Everton" "mahsuloti" Ueyn Runi 16 yoshligida yulduzga aylnayotgandi. Buni ko'rgan Ser Aleks uni 30 mln evroga transfer qildi va birdaniga asosiy tarkib bilan shug'ullantirdi.

Runi "Yunayted"dagi 13 mavsumlik faoliyat davomida Premer-liganing to'purar futbolchisiga aylandi va jamoaning eng asosiy figurasi bo'lib oldi. Usiz "Manchester"ni tasavvur qilib bo'lmasdi.

Ammo, barcha narsaning poyoni bor deganlaridek, Runi "Yunayted"dan ketdi. U 2017 yilning yozida sobiq jamoasi "Everton"ga qaytdi.

Oradan biroz vaqt o'tib, AQSHning "Di Si Yunayted" jamoasida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Runi ushbu jamoada ham gollar urishdan to'xtamayapti.

ROBIN VAN PERSI - "Feyenoord"

Fergyuson 2012 yilda van Persini "Arsenal"dan olib kelgandi. U yangi jamoasida sovrin qo'lga kiritgan yillarida anchagina sermahsul bo'ldi. Ilk mavsumidayoq "Yunayted" uchun o'tkazgan 38 o'yinida 26 marta darvozani ishg'ol qilishni uddaladi.

Ammo Van Persi vatandoshi Lui van Gal davrida boshqa jamoaga sotib yuborildi. 2015 yilda u "Fenerbaxche" tarkibiga o'tib ketdi.

2018 yilda esa Robin yana vataniga qaytdi va "Feyenoord" bilan shartnoma imzoladi. Van Persi "Yunayted"da uzoq yillar o'ynamagan bo'lsa-da, muxlislarning ko'nglini zabt etishni uddaladi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика