So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  2 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

Fergi davridan keyin "Manchester Yunayted"ning transferlari qanchalik darajada o'zini oqladi? Yangiliklar

Fergi davridan keyin "Manchester Yunayted"ning transferlari qanchalik darajada o'zini oqladi?

Ser Aleks ketganidan keyin "Manchester Yunayted" 31 futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Xo'sh, ular jamoaga qanchalik darajada foyda olib kelishdi?

Maruan Fellayni. 27,5 mln funt

2013 yili "Manchester Yunayted"ni boshqarishga noloyiq bo'lgan Devid Moyes jamoa ustoziga aylandi va jamoaga ilk olib kelgan futbolchisi Maruan Fellayni bo'ldi. Belgiyalik futbolchi aslida "Yunayted" uchun munosib futbolchi edi. Fellayni bir necha yarim finallarda gol urgan, 2016 yili Angliya Kubogi, 2017 yili Evropa ligasi finallarida o'ynagan. "Yunayted"ning so'nggi 20 yili ichida "Enfild"da eng yaxshi natijasini qayd etishida ham katta yordam bergandi.

Baho - 6

Xuan Mata. 37,1 mln funt

Futbolchining o'sha ikki golidan keyin MYU muxlislari uni "XuAnfild" deb nomlay boshlashdi. Lui van Gaal hamda Joze Mourino qo'l ostida ispaniyalik futbolchi asosiy figuraga aylandi. Fergi davridan keyin uni eng yaxshi transfer deb hisoblashmoqda. "Yunayted" Xuanni atigi 37,1 mln evroga sotib olgan.

Baho - 7

Ander Errera. 29 mln funt

Van Gal murabbiyligidagi MYU o'sha paytlarda barqaror jamoa emasdi. Rahbariyati esa bosh murabbiyning qattiq talabi ostida Anderni sotib oldi. Bu shak-shubhasiz 2015 yilning yozidagi eng ajoyib transfer bo'ldi. Keyinchalik Joze Mourino qo'l ostida Errera MYU avtobusining ajoyib balloniga aylandi. 2017 yilda u jamoada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Keyinchalik u shartnomasi yakunlanib, MYUni tark etdi va PSJga yo'l oldi. Albatta, u "Yunayted"ni boshini yuqori ko'targan holda tark etdi.

Baho - 7

Lyuk SHou. 31 mln funt

Ektor Morenoning podkatidan keyin qattiq jarohatlangan futbolchi uzoq vaqtni davolash uchun sarfladi. Keyinchalik qaytgan yiliyoq o'zining oldingi holatini tiklab oldi va bittada yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ushbu mavsumda u o'tgan 11 mag'lubiyatsiz o'yinning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Baho - 6

Markos Roxo. 16 mln funt

2014 yilgi mundialdan keyin Lui Van Gal futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Mourino davrida argentinalik futbolchi jamoaning asosiy 5 futbolchisidan biri bo'ldi. Ammo uni ham jarohatlar chetlab o'tmadi. SHu boisdan u o'z o'zining yuqori holatidan tushib ketdi. Endi esa u jamoadan ketishi kerak bo'lgan futbolchilar qatoriga tushib qoldi. Nima bo'lgan taqdirda ham Roxo bir vaqtlar MYU uchun borini berib bo'ldi.

Baho - 2

Anxel Di Mariya. 59,7 mln funt

Ronaldudan keyin dunyo darajasidagi ilk chap qanot vingeri MYUga o'tgandi. Biroq kutilgan umidlar, ishonchlar va sarflangan pullar o'zini umuman oqlamadi. Van Gal qo'l ostida 7-raqamli Di Mariya o'zini har tomonlama yo'qotib qo'ydi va Liga-1 tomon yo'l oldi. Aslida u MYUdagi o'yinlarini yaxshi boshlagandi. Biroq hozirgi kunda u MYUning eng yomon transferlaridan biri hisoblanadi va argentinalikning o'zi ham "qizil iblislar" haqida eshitishni istamaydi.

Baho - 2

Deyli Blind. 13,8 mln funt

Blind "Ayaks"da qanday saviyadagi futbolchi ekanligini ko'rsata olgandi. Lui van Gal qo'l ostida u markaziy himoyada juda yorqin o'yin ko'rsatgandi va Serxio Ramos bilan tenglashtirilgandi. 2015 yilda esa Deyli chap qanot himoyasidan o'rin oldi. Keyinchalik Mourino MYU boshqaruviga kelganidan keyin Deyliga katta ishonch bildirilmadi. Ammo aytish mumkinki, Deyli ham mankunianliklar uchun yaxshi o'yin ko'rsatgandi.

Baho - 6

Radamel Falkao. 6 mln funt evaziga ijaraga

Faqatgina hozirgi "Yunayted" "Liverpul"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchrata turib, Di Mariya va Falkaoni zaxiradan qo'yib, g'alabani xavf ostida qoldirishi mumkin. Falkao 17 o'yinda 4 gol urdi. "Yovil", "Kembrij" va "Preston" kabi jamoalarning darvozasi ishg'ol qilingan. Futbolchining jarohati esa uning "Atletiko" va "Monako"dagi faoliyatiga jiddiy tasir o'tkazmadi deya olamiz.

Baho - 1

Viktor Valdes. Erkin agent

U "Yunayted"da faqatgina bir o'yinda qatnashdi. "Xall"ga qarshi o'yinda Viktor super seyvlarni amalga oshirdi. Biroq shunday bo'lsa ham u van Galning ishonchiga kira olmadi va jamoani tark etdi.

Baho - 1

Memfis Depay. 26,3 mln funt

Nolga teng bo'lgan 7-raqam sohiblari Depay bilan davom ettiriladi. Boshida u ajoyib ko'ringandi: yosh, o'z ishiga munosib qaraydi, "Liverpul" va PSJ ham uni sotib olishga intildi va asosiysi Van Gal tizimiga mos. Afsuski, u ham Jeyms Bond kabi voqealarni kuzatishni yaxshi ko'rib qoldi. "Bryugge" va "Midtyulland"ga qarshi o'yinlarda u ajoyib statistika qayd etdi. Ammo rostdan ham "Manchester Yunayted" darajasiga mos kelmadi. Mourinyu qo'l ostidagi 6 oydan keyin jamoani tark etdi.

Baho - 3

Matteo Darmian. 12,7 mln funt

MYU rahbariyati Natanel Klyaynni jamoaga olib kela olmasligini malum qilganidan keyin "Yunayted" italiyalik futbolchiga qiziqib qoldi. Avvaliga Darmian yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Ammo SHouning jarohatidan keyin Darmian chap qanot himoyasiga olib o'tildi. U buni eplay olmadi. Mourinyu ketma-ket 10 o'yinda Darmianga ishonch bildirmadi va 2017 yilgi Evropa ligasi finalida "Ayaks"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tashladi. Oradan bir yil o'tib, u "Parma"ga o'tib ketdi.

Baho - 4

Morgan SHnayderlin. 12,7 mln funt

"Yunayted" juda qattiq rejimda bo'lgan paytda SHnayderlin jamoaga kelgandi. Boshlanishiga Van Gal futbolchini markaziy o'yinlarda maydonga tushirmayotgani uchun yaxshi ko'rinayotgandi. Ammo asta-sekinlik bilan markaziy o'yinlarda ko'rinish bergan Morgan jamoaga loyiq emasligi sezildi. "Yunayted"ning yuqori qo'yilgan maqsadlari futbolchining darajasiga to'g'ri kelmadi va u natijada jamoani tark etdi.

Baho - 3

Bastian SHvaynshtayger. 6,8 mln funt

"Bundan buyog'iga SHvaynshtayger nomini varog'imizda ko'rgan barcha jamoalar ortga qarab qochadi", - deb vada bergandi Vudvord. Bastian "Bavariya" muxlislari orasida qadrlanadi. Biroq "Yunayted"ga kelganida u tizzasidagi muammolari sabab APL alangasida yo'qolib qoldi. O'zining jangovarligini yo'qotganidan keyin bosh murabbiyning ishonchidan ham mahrum bo'ldi. MYU futbol o'ynayotgan kunlari SHvaynshtayger rafiqasining tennis matchlarini ko'rgani bordi. Mourinyu esa uni zaxira jamoasiga berib qo'ydi.

Baho - 2

Serxio Romero. Erkin agent

Uning mundialdagi o'yinlarini tomosha qilish orqali barchasini bilishingiz mumkin. Romero bir vaqtlar dunyoning ikki eng kuchli kiperidan biri edi.  Tushgan o'yinlarida deyarli xato qilmaydi. Garchi De Xeaning soyasida bo'lsa ham, Evropa ligasi o'yinlarida ajoyib tarzda darvozasini qo'riqlaydi. Ushbu mavsumda Angliya Kubogidagi o'yinlarini ko'rib, Romeroning professionalligigiga ishonsak bo'ladi.

Baho - 8

Antoni Marsyal. 58 mln funt

Franciyalikning shimoli-g'arbiy derbida "Yunayted" uchun urgan ilk golini barcha eslasa kerak. Marsyal yangi futbolchi sifatida MYUda ajoyib mavsumni o'tkazdi. Biroq Mourinyu qo'l ostida u jarohat olib, diqqat markazidan biroz chekindi. Keyinchalik MYU Aleksis Sanches bilan kelishuvga erishdi. garchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bo'lsa-da, Antoni MYU bilan shartnomasini uzaytirganidan keyin o'zini holatiga qayta oldi. Ayni damda u o'zining yaxshi holatida.

Baho - 6

Erik Bayi. 30 mln funt

Mourinyu ushbu futbolchini "Yunayted"ga olib kelganida ko'pchilik futbol muxlislari uning bunday o'yin ko'rsatishini kutmagandi. Ilk mavsumidayoq u barcha ishonchni o'ziga oldi va "Old Trafford"ning ishonchiga aylandi. Ammo u ham jarohat olib, uzoq muddat maydondan tashqarida qolib ketdi.

Baho - 5

Zlatan Ibragimovich. Erkin agent

Yuqori hurmat va jangovarlikka ega bo'lgan Ibragimovich 2016-17 yilgi mavsumda butun dunyo futbol muxlislarini APLga qaratib qo'ya oldi. Futbol uchun qari hisoblangan 35 yoshida u APLdagi ilk mavsumda 28 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Jarohat futbolchining yo'liga to'siq bo'ldi. Garchi yana bir yillik shartnomasi bo'lishiga qaramasdan, Zlatan "Manchester Yunayted"ni tark etdi va Los-Anjeles tomon yo'l oldi.

Baho - 8

Genrix Mxitaryan. 26,3 mln funt

Evropa ligasining "mutaxassislaridan" biri bo'lgan futbolchi APLda bir tekis o'yin ko'rsata olmadi. Uning imkoniyatlari va darajasi MYUning ichki chempionatdagi maqsadlari uchun kamlik qildi. Uzoq yillik shartnomaga ega bo'lgan Genrix 18 oy davomida MYUda o'ynadi. Keyinchalik uning agenti Mino Rayola MYUga Ibragimovich va Pogbani olib kelib, Genrixni jamoadan olib ketishni uddaladi.

Baho - 4

Pol Pogba. 89 mln fut

Pogba "Yunayted"ning ajralmas bo'lagiga aylanayotgandi. U o'yinning katta qismini o'z bo'yniga olar va so'nggi soniyalargacha kurashayotgandi. Biroq unga bu kamlik qildi. Jamoadan ketishni istaydi, tarkibda o'ynagisi kelmaydi. Bazida bosh murabbiydan ham o'zini ustun qo'yadi. Mourinyuning ketishi aynan Pogbaga ham bog'liqligi barchaga ayon. Ayni damda Pol agentining chalayotgan nog'orasiga o'ynash bilan band.

Baho - 5

Viktor Lindelof, 39 mln funt

Lindelof Mourinyu uchun mos keladigan himoyachi kabi tasvirlangandi. Ammo o'tgan 2 mavsum davomida o'rtacha o'yin ko'rsatayotgan Viktor ayni damda asosiy tarkibda o'ynamoqda. Keling, uni juda ham yomonlab yubormaymiz.

Baho - 6

Romelu Lukaku, 90 mln funt

"Atletiko" transferlar taqiqini olganidan keyin "Yunayted" Grizmanndan quruq qoldi. Natijada mankunianliklar Lukaku, Morata va Belottiga etibor qaratishni boshladi. Umuman olganda qisqa muddat uchun "Yunayted" yomon qarorga kelmadi. Jamoa tarkibida u bir mavsumda 27 bora raqiblari postiga yo'l topdi. Navbatdagi mavsumda esa ushbu natijadan 12ta kam gol qayd etdi. Endi esa "Yunayted"ga yana gol uradigan hujumchi kerak bo'la boshladi va Lukakuni sotib yubordi.

Baho - 5

Nemanya Matich. 40 mln funt

Matich ilk mavsumini fantastik tarzda boshladi. Ammo oradan vaqt o'tib, o'zining jismoniy holatiga jiddiy tasir o'tkazayotgan oshqozonidagi muammolarni bartaraf etishga vaqt ketdi. Keyinchalik Sulsher futbolchiga ishonch bildirmay qo'ydi. Oradan vaqt o'tib esa Matich berilgan imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalandi va "Yunayted"da "qayta tug'ildi". Yaqindagina u klub bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.

Baho - 6

Aleksis Sanches. Almashtirildi

"Yunayted" 7-raqamni bergan zaxotiyoq Sanchesdan qaytarib olishni o'ylab yurdi. Aleksis MYUda atigi 2 o'yinda o'zini ko'rsatdi: derbidagi ajoyib kambekda va  Angliya Kubogi finalida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda. "Yunayted" esa uni tezda sotib yubordi. Endi "Yunayted" 7-raqamni har kimga ham beravermasligi kerak.

Baho - 1

Diogo Dalot. 19 mln funt

So'nggi 2 yil davomida Dalotdan ko'p narsa kutishdi. "Yunayted" esa Diogoga unchalik etibor qaratmadi. Natijada futbolchi jarohatlarga moyil bo'lib qoldi. SHu boisdan u o'ng qanot himoyasida Aaron van-Bissakaga katta muammo tug'dira olmayapti. Biroq yosh futbolchi hali MYUda o'zini ko'rsata oladi.

Baho - 4

Fred. 52 mln funt

Fred boshida o'zini ko'rsata olmadi. Ammo mana 2 mavsumdirki, ajoyib Fredni ko'ryapmiz. O'tgan mavsumda Parijdagi kambekdan keyin braziliyalikda katta yuksalish borligi sezilmoqda. Fred "Yunayted" darajasidagi yarim himoyachi ekanligini isbotlamoqda. O'z navbatida derbidan keyin Pep Gvardiola MYU g'alabasida Fredning hissasi hammanikidan yuqori bo'lganligini aytib maqtab qo'ygandi.

Baho - 7

Li Grant. 1,5 mln funt

37 yoshli Grant atigi bir bora maydonga tushdi. U shunchaki Romero yoki De Xea jarohat olgan taqdirdagina zaxiradan o'rin oladi. SHu boisdan unga baho berilmaydi.

Baho - yo'q

Daniel Jeyms. 15 mln funt

Jeymsning transfer summasi 19 mln funtgacha ko'tarilishi mumkin. Qayd etish kerak, Jeyms ilk 4 oydayoq barcha ishonchlarni oqlab bo'ldi. Biroq keyinchalik uning jismoniy holati biroz tushdi va yana ko'tarildi. Jeyms shu yoshida "Liverpul" va "CHelsi" kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda qatnashdi. Derbida esa 4 marta o'ynashga ulgurib bo'ldi. Ajoyib statistika!

Baho - 7

Aaron van-Bissaka. 45 mln funt

Boshida van-Bissaka MYUda bu tarzda o'ynab keta olishiga hech kim ishonmagandi. Biroq uni dastlabki oydayoq APLning eng kuchli o'ng qanot himoyachilari ro'yxatiga qo'shib qo'yishdi. Van-Bissaka MYU himoyasiga o'zgacha ob-havoni olib kirdi. Uning transferi ajoyib bo'ldi deb ayta olamiz.

Baho - 8

Xarri Maguayr. 80 mln funt

To'g'ri, MYU so'nggi 40 yildagi eng yomon himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Ammo Maguayr hali ham MYUni elkasida ko'tarib yuribdi. Boshlanishiga unga ham biroz qiyin bo'ldi. Ammo sardorlik bog'ichini taqqanidan keyin Xarrining o'yini anchagina ochilib ketdi. Uning boshi bilan "CHelsi"ga urgan golini Nemanya Vidichni hayratga solgandi. Ajoyib! U MYUda tezda sardor bo'lib olgan kam sonli futbolchilardan biriga aylanib oldi.

Baho - 7

Brunu Fernandesh. 46 mln funt

Brunu so'nggi o'sha 7 yillikdagi eng yaxshi transfer bo'ldi. U "Yunayted"ning o'yinini har tomonlama o'zgartirib yubordi. MYU ham turnir jadvalida yuqoriladi. Ajoyib futbolchi MYUda 2 oy ichida 3 gol va 4 assistentlik qayd etib bo'ldi. Uning talabchan o'yini esa jamoadoshlariga namuna bo'lmoqda.

Baho - 9

Odion Igalo. Ijara

U 5 marta zaxiradan maydonga tushdi. 3 bora asosiy tarkibda ko'rinish berganida 4 marta gol urdi. U "Yunayted"da kutilganidan erta ochildi. Vaqtida uni transfer qilganidan keyin MYUni tanqid ostiga olishgandi. Endi esa charchagan taqdirda Antoni Marsyal ham qo'rqmasdan o'z joyini munosib futbolchiga bo'shatib bera oladi.

Baho - 8

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика