Ferdinand: "VAR hakamlari futbolni tushunishmaydi, "Manchester Siti" penalti tepmasligi kerak edi"
10 apr 2019 13:01
Yangiliklar


Ferdinand: "VAR hakamlari futbolni tushunishmaydi, "Manchester Siti" penalti tepmasligi kerak edi"
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, hozirgi kunda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Rio Ferdinand "Tottenxem" hamda "Manchester Siti" bahsidagi hakamlik haqida gapirdi.
13-daqiqada to'p "shporlar" himoyachisi Denni Rouz qo'liga tekkanidan so'ng "shaharliklar" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bosh hakam Kuypers VAR yordamida 11 metrli jarima zarbasini belgiladi. Ugo Loris Serxio Agueroning zarbasin qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
"Videoassistentlar kabinasida futbol o'ynagan odamlar o'tirishi kerak. Bu hakamlar futbolni tushunishmaydi. Bunday qaror qabul qiladigan insonlar vaziyatni tushunishi lozim. Men uchun bu vaziyatda penalti yo'q edi" - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar