Ferdinand Titeni tanqid qildi
10 dek 2022 20:50
Yangiliklar
Ferdinand Titeni tanqid qildi
Angliya termasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Braziliya termasi bosh murabbiyi Titeni tanqid qildi.
"BBC studiyasidagilar bilan qanaqasiga eng yaxshi penalti tepuvchini oxirgisiga qo'yish mumkinligi haqida o'yladik. Ko'plab holatlarda so'nggi zarba beruvchiga ish qolmaydi. Hozir futbol o'zgargan. Neymar ham men zarba berganimda edi, deb o'ylagandir", - dedi Ferdinand.
Eslatib o'tamiz, so'nggi zarbani beruvchi Neymarga ish qolgani yo'q. Markinosning zarbasidan keyin Braziliya mag'lubiyatga uchradi va jahon chempionatini tark etdi.
Fikrlar