Ferdinand: "MYUda vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lmasligi kerak"
10 apr 2022 12:51
Yangiliklar
Ferdinand: "MYUda vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lmasligi kerak"
"Noaniqlik klubning foydasiga ishlamayapti. Gap "Manchester Yunayted" kabi yuqori statusli klub haqida ketsa, muxlislar ulardan yaxshiroq, tartibliroq murabbiyning tayinlanishini kutishadi. Hech qachon vaqtinchalik bosh murabbiy scenariyda bo'lmasligi, barcha bir qarorga kelishi kerak.
"Manchester Yunayted" natija borasida ishlashi kerak. Futbolchilar maydonda va uning tashqarisidagi ishlarni nazorat qila olishi lozim. Gleyzerlar atrofidagi gaplar men o'ynab yurgan paytlarimda ham bor edi. Bu doimgi muammo, ahamiyat bermasa ham bo'ladi.
Asta-sekin begona narsalardan voz kechishni o'rganadigan vaqt keldi. Markus tajribali futbolchi va endi u yoshlarga dars bera oladigan darajaga etib keldi. U katta futbolchilarni ham nazoratiga ola bilishi kerak.
Murabbiy aytganidek, bahonaga o'rin yo'q. Hali hamon ECHL uchun imkoniyat bor va buning uchun harakat qilish kerak", - dedi sobiq himoyachi.
Fikrlar