Ferdinand "Manchester Yunayted"ning xatolari haqida gapirdi
07 iyu 2023 00:50
Yangiliklar
Ferdinand "Manchester Yunayted"ning xatolari haqida gapirdi
"Yunayted"ning asosiy xatolari - egizaklar Rafael va Fabio, Uelbek, CHicharito vva Jonni Evansni sotib yuborgani bo'ldi. Ular qisqa vaqt ichida jamoadan ketdi. Ular oldin qurilgan jamoaning asosiy qismi bo'lishgandi. Klub o'ylab ham o'tirmasdan ularni ketkazib yubordi. O'shanda qanday qilib bunday qarorga kelinganini tushunib etmagandim.
Uelbek hozir ham yaxshi holatda. CHicharito, Rafael va Fabio MYUda yaxshi faoliyat olib borishi mumkin edi. Evansning ketgani esa xuddi ustidan kulishdek gap bo'lgandi. Uni har qanday holatda ham tarkibda olib qolish kerak edi. O'sha paytda u jamoaning eng yaxshi himoyachisi bo'lib turgandi", - dedi Ferdinand.
Eslatib o'tamiz, Rio MYUning so'nggi chempionligi qo'lga kiritilgan 2013 yilgi mavsumdan keyin jamoada yana bir yil o'ynab, u ham "qizil iblislar"ni tark etgandi.
Fikrlar