Ferdinand: "Lingard"ning "Manchester Yunayted" haqida unutish vaqti keldi"
23 fev 2021 16:52
Yangiliklar


Ferdinand: "Lingard"ning "Manchester Yunayted" haqida unutish vaqti keldi"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Vest Xem"da ijara asosida o'ynayotgan Jessi Lingard haqida gapirdi.
"Lingardning "Manchester Yunayted" haqida unutadigan vaqti keldi deb o'ylayman. Hozir biz uning "Vest Xem"da o'ynayotganda quvonchli yuzini ko'rmoqdamiz.
Uning o'ziga bo'lgan ishonchi qaytdi va ko'zlarida uchqun paydo bo'ldi. Jessi bir zumda jamoaga qo'shildi. U "Yunayted"ga qaytishi kerak emas, Jessi u erda ikkinchi rolda bo'ladi", - deydi Ferdinand.
28 yoshli vinger joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar