Ferdinand Keyn haqida: "Agar Pogba MYUning mashg'ulotini o'tkazib yuborsa, OAV va muxlislar aqldan ozadi, policiya esa uni qidiradi"
03 avg 2021 17:10
Yangiliklar
Ferdinand Keyn haqida: "Agar Pogba MYUning mashg'ulotini o'tkazib yuborsa, OAV va muxlislar aqldan ozadi, policiya esa uni qidiradi"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning jamoasi mashg'ulotida ishtirok etishdan bosh tortgani haqida gapirdi.
Keyn "Tottenxem" mashg'ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi
"Tasavvur qiling, Pol Pogba "Manchester Yunayted" mashg'ulotida ko'rinish bermadi. Ana o'shanda, ingliz OAVsi va muxlislarning qanday aqldan ozishini ko'rasiz. Vertolyotlar va policiya uni qidiradi.
Men Xarri Keyn ketish uchun (agar hamma aytayotgan gaplarga ishonadigan bo'lsak) noto'g'ri taktikadan foydalanyapti demayapman. Xarri sovrinlar yutishni xohlaydi va u yosharib bormaydi", - deb yozdi Ferdinand.
Oldinroq, Keyn "shporlar" mashg'ulotiga kelmagani va bu bilan klub uni sotishga tayyorligini bilmoqchiligiga ishora qilgani haqida malumotlar tarqalgandi.
Keyn "Tottenxem"ga qaytmaydi, uning "Manchester Siti"ga transferi kafolatlanmagan
Fikrlar