So’nggi yangiliklar

13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  2

Ferdinand Kazemironing MYUga olib kelgan "bebaho" xususiyati haqida aytdi Yangiliklar

Ferdinand Kazemironing MYUga olib kelgan "bebaho" xususiyati haqida aytdi

Avgust oyida katta mablag' evaziga "Manchester Yunayted"ga kelgan Kazemiro ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.

"Manchester Yunayted"ning sobiy himoyachisi Rio Ferdinand "qizil iblislar" yarim himoyachisi Kazemironi maqtab, u jamoaga "bebaho" g'alaba qozonish hissini qo'shganini takidladi. 

Avgust oyida ingliz klubi "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni muvaffaqiyatsiz taqib qilganidan keyin bor etiborini Kazemiroga qaratdi va tezlik bilan "Real"ni 70 mln funtgacha ko'tarilishi mumkin bo'lgan taklifga ko'ndirdi. Joriy mavsumda 2 ta gol urgan 30 yoshli braziliyalik futbolchi kelganidan buyon "Old Trafford"da juda yaxshi taassurot qoldirdi. Ko'plab jamoa muxlislari uni so'nggi yillardagi eng yaxshi transfer, deya tariflamoqda. U "Yunayted"ning qismlarini birlashtirib turuvchi "elim"ga aylandi va maydon yarim himoya chizig'ida Kristian Eriksen va Brunu Fernandesh bilan ajoyib hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 

Noyabr dekabr oyida Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini "Arsenal" sardori Martin Edegorga boy bergan Kazemiro Ferdinandning fikriga ko'ra, "Real"da o'z davrining eng yaxshilari bilan o'ynadi va to'plagan tajribasi hamda Madrid klubidan g'oliblik kuvvatini yangi jamoadoshlariga ham yuqtira oldi.

Rio Ferdinand manbaga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirdi:

"O'ylashimcha, "Manchester Yunayted"da ko'plab g'olib bo'la olmagan o'yinchilar bor. Ehtimol, David De Xea va Markus Reshford bundan mustasno. Ular ligada qanday g'alaba qilish va qanday qilib katta sovrinlarni qo'lga kiritishni bilmaydi. 

Kazemiro buni hali MYUda qilmadi, lekin u o'zi ega bo'lgan tajribani, shu jumladan, "Real"da o'tkazgan barcha omadli davrlardagi tajribasini "Yunayted"ga olib kelishi juda bebaho bo'ladi. Siz yirik klublardan g'alabalarga erishgan jamoadan o'yinchilarni olib kelishingiz mumkin, agar ular o'sha g'alabalarning ajralmas tarkibiy qismlaridan biri bo'lsa, bu katta tasir ko'rsatishi aniq. Men buni Kazemiroda ko'ryapman. 

Siz u o'ynagan katta o'yinlarga qaytsangiz, ushbu o'yinlarning ko'pida u o'yining eng yaxshisi bo'lish uchun kurashganini ko'rasiz.

O'tgan CHempionlar Ligasi finalida Tibo Kurtua o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, lekin men Kazemironi eng yaxshi sifatida tanlagan bo'lar edim. Muhim pallalarda u yo'qolib qolmaydi, buning o'rniga u yanada faollashadi".

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика