Ferdinand "CHelsi"ga Aguero bilan shartnoma imzolashni maslahat bermoqda
05 may 2021 13:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635339_original.jpg)
![](/upload/storage/635339_220.jpg)
Ferdinand "CHelsi"ga Aguero bilan shartnoma imzolashni maslahat bermoqda
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand argentinalik forvard Serxio Aguero haqida gapirdi.
Hujumchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
"Serxioning faoliyatini APLda davom ettirishini xohlayman. "CHelsi" Aguero bilan shartnoma imzolash haqida o'ylashi kerak. Ikkilanish kerak emas.
Agar Xoland yoki yana qaysidir hujumchining bitimi amalga oshmasa, londonliklarga ushbu o'yinchi kerak", - deydi Ferdinand.
Eslatib o'tamiz, Aguero "shaharliklar" tarkibida 2011 yildan beri o'ynamoqda. 32 yoshli forvard joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar