So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Ferdinand "Arsenal" futbolchisini Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb atadi Yangiliklar

Ferdinand "Arsenal" futbolchisini Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb atadi

Ferdinand turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" yulduzlaridan birini mavsumning eng samarali harakatlanayotgan o'yinchisi sifatida ko'rsatdi.

Joriy futbol mavsumining birinchi qismida barchaning tilidan tushmagan Erling Holand o'zini qayta kashf eta olmayotgan bir pallada sobiq futbolchi "to'pchilar" azosi Martin Edegorni Premer-ligada boshqalardan yaxshiroq o'ynayotganini takidladi. Norvegiyalik futbolchi "Arsenal"da sardor sifatida birinchi yilini o'tkazmoqda va jamoani kutilmagan chempionlik tituli tomon etaklamoqda. London klubi chempionat turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi "Manchester Siti"dan 8 ochko oldinda bormoqda, ular ligada atigi bitta o'yinda mag'lubiyat alamini totishdi. Ularning muvaffaqiyati zamirida markaziy yarim himoyada o'ynayotgan yangi sardor turibdi. U yakshanba kuni SHimoliy London derbisida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ikkinchi to'pni kiritdi va umumiy gollari sonini 8 taga etkazdi.

24 yoshli futbolchining o'yini shuni ko'rsatadiki, u yil so'ngida eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'ladi. "Real" asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashganidan tortib "Arsenal"da etakchilardan biriga aylanishigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan futbolchini Ferdinand hozirdan eng yaxshi, deya maqtadi: 

"Edegor aqldan ozgan. Bilasizmi, menga Edegorning nimasi yoqadi? Uning sayohati. U 16 yoshida superyulduz edi. "Real" tomonidan sotib olingandi va uni hamma navbatdagi yulduz, deb atardi. U hayotining bu qismisiz hozirgi bolaga aylana olmas edi.

Sinovlar va qiyinchiliklar bo'ldi, umidlar ham yo'q emasdi. To'satdan u o'zini kamtar tutib yo'lini ijarada davom etishga qaror qildi.

Hozir shuni aytishim mumkinki, u men uchun mavsumning eng yaxshi futbolchisi. U Holand qilgan ishni qildi, zo'r o'ynadi. Agar Holand yana gollar urishda davom etsa, Edegor hozirgidek davom ettirsa va "Arsenal" ligada g'alaba qozonsa, u yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi", – dedi Rio Ferdinand.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика