"Fenerbaxche" va Mourinyu o'z safini JCH-2022 yarim finalchisi bilan kuchaytirdi
01 sen 2024 11:41
Yangiliklar
"Fenerbaxche" va Mourinyu o'z safini JCH-2022 yarim finalchisi bilan kuchaytirdi
"Fenerbaxche" o'z safiga 28 yoshli marokashlik xavbek Sofyan Amrabatni qo'shib oldi.
Turk klubi futbolchini "Fiorentina"dan ijaraga oldi.
"Fenerbaxche" ijara uchun italyan klubiga 2 mln evro to'laydi. Turklar marokashlikni 13 mln evroga xarid qilish majburiyatini olishdi. Yana 3 mln bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.
Sofyan 2020 yildan beri "Fiorentina"da o'ynaydi. Xavbek jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 111ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan. Amrabat o'tgan mavsumni MYU tarkibida ijarada o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar