“Fenerbaxche” rasman O'zil bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
24 jan 2021 19:55
Yangiliklar


“Fenerbaxche” rasman O'zil bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
“Fenerbahche” rasmiy sayti Mesut O'zil erkin agent sifatida klubga o'tganini tasdiqladi.
U “Arsenal” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qildi.
Germaniyalik turk jamoasi bilan 3,5 yillik kelishuvga erishdi. Bitimning moliyaviy tomonlari esa oshkor qilinmadi. O'zil bugun “Fenerbahche” qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Rüya gerçek oldu: Mesut Özil Fenerbahçemizde! #FenerSignMesut https://t.co/ZY00yCmVhC pic.twitter.com/oXJPfmfTJZ
— Fenerbahçe SK (@Fenerbahce) January 24, 2021
32 yoshli xavbek “to'pchilar” safida 2013 yildan boshlab to'p tepib kelayotgandi. Bungacha esa u “SHalke”, “Verder” va “Real” sharafini himoya qilgan.
Malumot o'rnida, Erol Bulut shogirdlari Turkiya Superligasi 20 turidan keyin 39 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 0

Fikrlar