“Fenerbaxche” rahbari bosh murabbiyni istefoga chiqardi
19 iyu 2018 00:03
Yangiliklar
“Fenerbaxche” rahbari bosh murabbiyni istefoga chiqardi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Aykut Kojaman istefoga chiqarildi.
Bu malumot “kanareykalar” klubining rasmiy saytida ham chop etildi. Kojaman “Fenerbaxche”ni 2017 yilning iyun oyida bosh murabbiy sifatida qabul qilib olgandi. O'shanda u 2 yillik shartnomaga imzo chekkandi.
Yakunlangan mavsumda uning qo'l ostidagi “Fenerbaxche” Turkiya Superligasida “Galatasaroy”dan 3 ochko kam jamg'argani holda ikkinchi o'rinni egalladi. Turkiya Kubogi finalida esa kutilmaganda “Oqxisor”ga yutqazib qo'ydi.
“Fenerbaxche” Kojaman bosh murabbiyligida jami 46 uchrashuv o'tkazib, shularning 28tasida g'alabaga erishdi, 11 durang va 7ta mag'lubiyat qayd etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar