“Fenerbaxche” Netuning transferi yuzasidan muzokara boshladi
29 avg 2017 01:35
Yangiliklar
“Fenerbaxche” Netuning transferi yuzasidan muzokara boshladi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi rasmiy saytida “Zenit” himoyachisi Luish Netuning transferi yuzasidan muzokaralar boshlangani malum qilindi.
“Bizning jamoa, Luish Netu va “Zenit” o'zaro muzokaralarni boshlashdi. Netu bugun tunda Istambulga uchib keladi. Ertadan rasmiy muzokaralarga kirishamiz”, -deyiladi “Fenerbaxche” klubi rasmiy bayonotida.
Avvalroq tarqatilgan
xabarda Turkiya klubi Netuni 500 000 evroga ijaraga olayotgani aytilgandi. Keyinchalik
“Fenerbaxche” portugaliyalik futbolchini 3 mln evroga sotib olish huquqiga ham ega
bo'ladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar