Fellaini APLga qaytishi mumkin

25 may 2020, 09:11
Maruan Xitoy klubidan ketish niyatida.

“Vest Xem” klubi “Shandun Lunen”da to'p tepayotgan Maruan Fellainini APLga qaytarishi mumkin. London klubi ustozi Devid Moyes Maruan bilan yana birga ishlashni xohlamoqda. Moyes va Fellaini vaqtida “Everton” va MYUda o'zaro hamkorlik qilgan. Qayd etilishicha, belgiyalik futbolchi koronavirus pandemiyasi sabab Xitoyni tark etishni xohlamoqda.

32 yoshli futbolchining xizmatlariga “Tottenxem” ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports