Feliksning jarohati bois “Atletiko” bahsni 10 kishi bo'lib yakunladi
19 okt 2019 22:26
Yangiliklar


Feliksning jarohati bois “Atletiko” bahsni 10 kishi bo'lib yakunladi
La Liganing 9-turi doirasida bo'lib o'tgan “Atletiko” – “Valensiya” uchrashuvida 1:1 hisobida duranga natija qayd etildi.
Mazkur bahs yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida mezbonlar hujumchisi Joau Feliks oyog'ining tovon sohasidan jarohat olib maydonni tark etdi va “matraschilar” bahsni 10 kishi bo'lib yakunlashga majbur bo'lishdi. Boisi, Diego Simeone 68-daqiqaga qadar uch o'zgarishni amalga oshirib bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Feliks joriy mavsum Ispaniya chempionatida 9ta o'yinda qatnashib, 2+1 natija ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar