Feliks "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida: "Juda qiyin bahs bo'ladi"
06 fev 2020 16:40
Yangiliklar


Feliks "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida: "Juda qiyin bahs bo'ladi"
"Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliks CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizni juda qiyin o'yin kutmoqda. Balki "Liverpul" barcha raqiblarimiz orasida eng kuchlisidir. Ular yaxshi formadalar. Bundan tashqari, "Liverpul" - CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibidir.
Bu musobaqadagi boshqa o'yinlar kabi bunisi ham bizga qiyin bo'ladi. Ammo, "Liverpul"ga qarshi o'yin bundanda qiyin kechadi deb o'ylayman", - deydi Feliks.
Eslatib o'tamiz, Joau Feliks "Atletiko"ning ko'p o'yinchilari kabi hozirda jarohat olganlar qatorida.
"Atletiko" - "Liverpul" 18 fevral (01:00)
"Liverpul" - "Atletiko" 11 mart (01:00)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar