Feliks Brix xalqaro karerasini yakunladi
08 dek 2021 21:24
Yangiliklar
Feliks Brix xalqaro karerasini yakunladi
Germaniyalik hakam Feliks Brix xalqaro karerasini yakunladi.
Uning xalqaro maydonlardagi so'nggi o'yini Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida "Real" va "Inter" o'rtasidagi bahs bo'lib qoldi (2:0).
Brix 31 dekabrda rasman faoliyatini yakunlaydi.
46 yoshli hakam UEFA CHempionlar ligasining 85 ta uchrashuvini, jumladan, 2017 yilgi turnir finalini, shuningdek, Evropa ligasining 15 ta o'yinini (2014 yilgi finalni ham qo'shib hisoblaganda) boshqargan. U 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlari, 2016 va 2021 yillardagi Evropa chempionatlari hamda 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida ishlagan.
6 dekabr kuni Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) nemis arbitrini 2021 yilning eng yaxshi hakami deb tan oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar