So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  1 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Feliks APLni qizil bilan boshladi. "CHelsi" esa 2023 yilda g'alaba qozongani yo'q (mutolaa uchun) Yangiliklar

Feliks APLni qizil bilan boshladi. "CHelsi" esa 2023 yilda g'alaba qozongani yo'q (mutolaa uchun)

Ammo, Joau harakat qildi.


Joau Feliks Londonga ko'chib o'tganidan so'ng birdan debyut qildi, ammo APLdagi ilk o'yin hamma kutgandek bo'lmadi. "Fulxem"ga qarshi o'yinda gol yoki assist o'rniga qizil kartochka.

Portugaliyalik 58-daqiqada Kenni Tetega zarba berdi. Feliks oyog'ini yuqori ko'tarib, raqibining oyog'iga butsasining tishlari bilan zarba berdi va haqli ravishda qizil kartochka oldi. Hakam Devid Kut yangi o'yinchini ayab o'tirmadi.






Bu Feliksning faoliyatidagi atigi ikkinchi chetlatish. Birinchisi 2021 yilning sentyabrida "Atletik"ga qarshi o'yinda ro'y bergan edi. Joau o'shanda 60-daqiqada maydonga tushgan, 78-daqiqada esa ikkita sariq kartochka olgandi – biri qo'l bilan raqibning yuziga zarba bergani uchun, ikkinchisi hakam bilan bahslashgani uchun.



Joau Premer-ligadagi ilk o'yinida chetlatilgan "CHelsi"ning birinchi o'yinchisi bo'ldi. Agar barcha jamoalarni olsak, bunaqasi 2014 yilning oktyabridan beri ro'y bermayotgandi: o'shanda Federiko Fasio "Tottenxem" safida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyasiz debyut qilgandi.

Muhim jihat: Feliks yarim yillik ijarasi mobaynida ligada o'ynashi mumkin bo'lgan o'yinlar soni 21ta edi. Bittasi ortda qoldi, endilikda uchta o'yinlik diskvalifikaciyaga duch kelish mumkin. Bu esa qolgan har bir o'yinlarni qimmatroq qiladi. "CHelsi" portugaliyalikning ijarasi uchun 11 mln evro to'ladi.


Feliks chetlatishga qadar "CHelsi"dagi eng yaxshi o'yinchi bo'lib turgan edi: ko'p tepdi va vaziyatlar yaratdi



Feliks qizilga qadar "CHelsi"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib turgandi. U faol edi va vaziyatlar yaratdi – Leno uning ikki zarbasidan so'ng jamoasini gollardan qutqardi. Joau muvaffaqiyatli tarzda qanotga qochdi va u erdan markazga kirgan holda, jamoaviy harakatlarda ishtirok etdi.

Feliksda 6ta zarba, 4ta aniq zarba, zarba oldidan pas, 2ta muvaffaqiyatli dribling urinishi bor edi. Afsuski, portugaliyalik ikkinchi bo'limda bularga chetlatishni ham qo'shdi.

"Bu hujum paytida to'pga tashlanish edi, unda hech qanday g'arazli niyat yo'q edi, ammo u nimaga qizil olganini tushunaman. U haqiqatdan ham yaxshi o'ynadi, siz uning o'yindagi sifatini ko'rishingiz mumkin, shunday ekan bu bizni ikki baravar xafa qiladi", – deb Joauning debyutiga izoh berdi Grem Potter.

"CHelsi" birinchi taymda Villiandan to'p o'tkazdi, ammo ikkinchi taym boshida jarima zarbasidan so'ng Kulibali to'pni darvozaga yo'lladi. Jamoa kamchilik bo'lib ikkinchi to'pni o'tkazdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.



Yangi yil "CHelsi" uchun xursandchilik bilan boshlanmadi: "Nottingem" bilan durang, "Siti"dan ikki mag'lubiyat (APLda va Kubokda chiqib ketish) va endilikda qo'shnilar bilan o'yindagi muvaffaqiyatsizlik. Grem Potter umidli startdan so'ng dahshatli seriyani o'tkazmoqda – so'nggi 8ta rasmiy o'yinda 6ta mag'lubiyat.

Jarohatlar bilan bog'liq muammo ham yomonlasha boshladi, yangi yo'qotish – Denis Zakariya.


"Fulxem" – "CHelsi" 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 25 Villian, 1:1 – 47 Kulibali, 2:1 – 73 Vinisius.

"Fulxem": Leno, Tete, Rim, Adarabioyo, Robinson, Rid (Kerni, 68), Pereyra (Jeyms, 90), Palinya, Villian (Solomon, 83), Dekordova-Rid (Uilson, 68), Vinisius (CHaloba, 90).

"CHelsi": Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Kulibali, CHaloba (Kukurelya, 79), Xoll (CHukvuemeka, 79), Kovachich (Gallaxer, 79), Zakariya (Jorjino, 56), Maunt (Ziesh, 80), Xavertc, Joau Feliks.

Ogohlantirishlar: Robinson (9), Pereyra (14), CHaloba (36), Xoll (62), Maunt (76), Adarabioyo (84), Leno (90).

CHetlatish: Joau Feliks (58).


Fulham

Willian - 25', Carlos Vinicius - 73'

Premier League . 7-tur

13/01/2023, 00:00

1
:
2
Tugadi

Chelsea

Kalidou Koulibaly - 47'

Stadion: Craven Cottage, 24460 tomoshabin

Bosh hakam: David Coote

45'
90'
9'  Antonee Robinson
14'  Andreas Pereira
25'  Willian
68'  Harrison Reed (Tom Cairney)
68'  Bobby Reid (Harry Wilson)
73'  Carlos Vinicius
73'  Andreas Pereira
83'  Willian (Manor Solomon)
84'  Tosin Adarabioyo
90'  Andreas Pereira (Daniel James)
90'  Carlos Vinicius (Nathaniel Chalobah)
90'  Bernd Leno
36'  Trevoh Chalobah
47'  Kalidou Koulibaly
56'  Denis Zakaria (Jorginho)
58'  Joao Felix
62'  Lewis Hall
76'  Mason Mount
79'  Lewis Hall (Carney Chukwuemeka)
79'  Mateo Kovacic (Conor Gallagher)
79'  Trevoh Chalobah (Marc Cucurella)
80'  Mason Mount (Hakim Ziyech)


→ "CHelsi" Feliksni ijaraga oldi – u "Atletiko"ga 127 millionga tushdi, ammo asosiy yulduz bo'lmadi (mutolaa uchun) 


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика