Feliks 1:1 haqida: "MYU deyarli hech narsa yaratmadi, ammo birinchi imkoniyatdanoq gol urdi"
24 fev 2022 18:50
Yangiliklar
Feliks 1:1 haqida: "MYU deyarli hech narsa yaratmadi, ammo birinchi imkoniyatdanoq gol urdi"
"Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliks "Manchester Yunayted" (1:1) bilan durang haqida gapirdi.
Ispan va ingliz klublari CHempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yinini o'tkazishdi.
"Hissiyotlar noaniq. Ko'p to'pga egaliq qilmagan bo'lsak ham, chiroyli o'yin o'tkazdik. Biz doim o'yinni nazorat qildik. Raqib deyarli hech narsa yaratmadi, ammo birinchi imkoniyatdanoq gol urdi. Futbol shu.
Biz shu bosqichgacha o'z kuchimizga ishongan holda keldik va keyingi bosqichga chiqishni xohlaymiz. Biz barchamiz CHempionlar Ligasi va La Ligada imkon boricha yaxshiroq ishtirok etish uchun bir yo'ldan ketmoqdamiz.
[o'z goli haqida] O'tgan haftada menga uzoqdan to'p uzatishni mashq qilgandik va bugun aynan xohlaganimizdek qildik. SHunday o'ynashda davom etish va mavsumni yaxshi tugatish uchun qattiq mehnat qilishimiz kerak", - deydi Feliks.
Fikrlar