Fekir bugun LaLiga klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi
22 iyu 2019 19:30
Yangiliklar


Fekir bugun LaLiga klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Lion" yarim himyachisi Nabil Fekir Ispaniyaning "Real Betis" klubi bilan shartnoma imzolash arafasida.
Goal nashrining bergan xabariga qaraganda, "Real Betis" 20 mln. evro evaziga Fekir bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Franciyalik xavbek 6 yillik "Lion"dagi faoliyatidan so'ng yangi chaqiruvlarga labbay deb javob bermoqchi va keyingi mavsum lionliklar bilan yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan.
Fekir 1 yil avval "Liverpul" safiga o'tayotganida nimadir unga halal bergan va kelishuv bekor qilingandi.
O'tgan mavsum 26 yoshli futbolchi Liga 1 ning 29 o'yinida 9 gol urib, 7 ta assist muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar