"Feyenoord" bugun "Lokomotiv" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazmaslikka qaror qildi

9 yanv 2015, 15:42
BAAning Duybay shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun Gollandiyaning "Feyenoord" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan edi.
Tomonlar bu borada kelishib olishgan ham edi.

Biroq kecha Toshkentning boshqa bir jamoasi - "Bunyodkor" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazgan gollandlar, bugun o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Shunday qilib, "Lokomotiv"ning nazorat uchrashuvlari avval boshda rejalashtirilgani kabi kechadi.

Manba: lokomotiv.uz