So’nggi yangiliklar

12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  0 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  2 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  3 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  6 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  24 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1

Federiko Valverde: "Real" libosi sizni yanada ulug' va kuchliroq qiladi" Yangiliklar

Federiko Valverde: "Real" libosi sizni yanada ulug' va kuchliroq qiladi"

"Real" Madrid yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Siz bu klubni himoya qilayotganingizdan, bu futbolkani kiyganingizdan xursand bo'lishingiz va faxrlanishingiz kerak. "Real" libosi sizni yanada ulug' va kuchliroq qiladi. Maydonga chiqqaningizda, tribunada odamlarni ko'rganingizda, Chempionlar Ligasi va "Real" madhiyalarini eshitganingizda, oyoqlaringizdagi bu og'riqlar unutiladi. Maydonga g'alaba qozonish istagi bilan chiqasiz", – dedi Valverde.

Valverde, shuningdek, ECHLda "Real" bilan qo'lga kiritilgan ikki g'oliblikni esladi. U birinchi chempionlik ko'plab kambeklar tufayli alohida ahamiyatga ega bo'lganini takidladi.

"To'g'risini aytsam, birinchi g'alaba doimo o'zgacha bo'ladi, u sizning xotirangizda abadiy qoladi. Lekin har qanday holatda ham biz doimo g'alabalarga chanqoqmiz, har doim g'alaba qozonishni va titullarni qo'lga kiritishni xohlaymiz", – deya qayd etdi futbolchi.

Bundan tashqari, urugvaylik xavbek ilgari Toni Kroos kiygan 8-raqamni tanlash qarori haqida ham gapirdi.

"Avvaliga rafiqam bilan bu haqda gaplashdim, Toniga hurmat yuzasidan bu raqamni olishni istamadim, chunki u klubda katta iz qoldirdi. Agar menga bog'liq bo'lganida, NBA'dagi kabi uni osib qo'ygan bo'lardim", – dedi Federiko.

"Arsenal"ga qarshi ECHL chorak finalining ilk uchrashuvi 8 aprel kuni, javob o'yini esa 16 aprel kuni tashkil qilinadi. Agar "Real" yarim finalga chiqsa, "Aston Villa" – PSJ o'yini g'olibi bilan to'qnash keladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика